Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:
–
pedagogning ma’lum bir vaqt oralig‘ida erishgan kasbiy
yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish
usuli
;
–
faoliyati davomida kasbiy sohadagi
erishilgan yutuqlarini
namoyish etuvchi
majmua
;
–
pedagogning
dars
berayotgan
fani
bo‘yicha
o‘quv
materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi
vosita
;
Pedagogning portfoliosi ta’lim muassasalari rahbariyati uchun
o‘qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini
monitoringini olib
borish va yana ham muhim tomoni o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini
kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi.
Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va
o‘z-o‘ziga baho berishning ko‘p funksiyali vositasi shakllanadi.
Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam
beradi:
– ta’lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish;
– talabalarning mustaqil ta’limi va o‘z ustida ishlashga intilishni
oshirish;
– uzluksiz rivojlanishni rag‘batlantiruvchi omilni joriy etish;
– bilimlarning samarali o‘zlashtirilishiga intilish;
– pedagogik faoliyat natijalarini tashxis qilish.
Bundan tashqari portfolio o‘qituvchiga o‘z yutuqlarini yanada
kengroq va xilma- xil taqdim etish imkonini beradi
1
.
«The Teaching Portfolio» kitobi muallifi
Piter Zeldin fikriga
ko‘ra o‘qituvchi portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi
navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio – o‘qituvchining kasbiy
faoliyatida turli pedagogik masalalarni
hal eta olish malakalarini
ko‘rsatuvchi, shuningdek, o‘qituvchining professionallik darajasini
baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi
2
.
Portfolio quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
•
portfolio sayti (sayt ko‘rinishidagi portfolio);
•
veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);
•
elektron
taqdimot;
•
natijalar papkasi.
1
Qarang:
http://www.uchportal.ru/
2
Peter Wallet. Information and communication technology in education in
Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 35 p.
226
Elektron portfolio ko‘rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq
tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o‘ziga xos
xususiyatlar va afzalliklarga ega:
•
zamonaviyligi;
•
tezkorligi (kerakli o‘zgarishni tezda kiritish imkoniyati);
•
funksionalligi
(katta
sondagi
ekspertlarga,
hamkasb-
mutaxassislarga, qiziquvchilarga o‘z
tajribasini namoyish etish
ikmoniyati) hamda o‘z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir
vaqtning o‘zida doimiy ravishda to‘ldirib borish mumkin bo‘lgan
raqamli ta’lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish
imkoniyatining mavjudligi;
•
effektivligi (o‘qituvchini o‘z-o‘zini baholashi, boshqaruvchi
hamda talabalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish);
Portfolioning taqdimot shakli ma’lumotlarni ko‘rgazmali
tarzda
namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko‘proq
ma’lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining
o‘quv jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar
portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish
va uning resurslarini
doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo‘lga
qo‘yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni
tarmoqda