N. Eshonqul – milliy istiqlol davri o‘zbek nasriga yangi ohang
olib kira oldi. Uning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi ifodaning
qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo
kutilmagan tasviridan tashqari, ohangning o‘zgachaligi bilan ham
kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit ko‘p
qatlamli,
zalvorli, hikoya maromining o‘zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila
oladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‘q edi. N.Eshonqul
nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‘zbek millatiga
xos bo‘lgan jihatlarni aks ettirish imkoniyati jihatidan tengsizdir.
Shu o‘rinda, o‘qituvchi istiqlol davri o‘zbek nasrining o‘ziga xos
yutuqlarini o‘qivchilar bilan birgalikda tahlil qiladilar.
Mustaqillik davri dramaturgiyasi. O‘zbek milliy tafakkuri, estetik
qarashlari
tizimida
sodir
bo‘lgan
yangilanishlar
bugungi
dramaturgiya
taraqqiyotiga
ham
jiddiy
ta’sir
ko‘rsatadi.
O.Yoqubovning “Bir koshona sirlari” , Usmon Azimning “Bir qadam
yo‘l”, Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon”, Ilhom
Hasanning “Bir kam dunyo”, Abdulla A’zamning “Dugohi
Husayniy”, “Jek London hikoyasidan so‘ng” kabi asarlari hozirgi
o‘zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo‘ldi.
Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog‘lom tamoyillar asosida
rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan
turli janrlardagi asarlarda
zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta’sirchan usullarini
kashf etishga jiddiy e’tibor berilayapti.
Videokonferensiya yakunida uch ta’lim muassasasi o‘qituvchi va
talabalari o‘zaro axborot almashish bilan bir qatorda istiqlol davri
o‘zbek adabiyotining o‘ziga xosliklari, yutuqlari,
muammolarini
tahlil qiladilar. O‘zaro baxs-munozaralar orqali aniq ilmiy-nazariy
xulosalarga keladilar. Aynan shu jarayonning o‘zi ta’lim
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.