kamera qurilmasi to‘liq xonani va elektron doskani ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar
almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska
qo‘llashda o‘qituvchi doskaga mavzuni yozadi –
“Mustaqillik davri
o‘zbek adabiyoti”
va bu videokonferensaloqa ko‘magida boshqa
auditoriya
tinglovchilariga
ko‘rsatiladi.
Elektron
doskadan
masofadan o‘qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari
mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan
rasm boshqa auditoriyadagi
doskalarda ko‘rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera
avtomat tarzda ma’ruza o‘qiyotgan proffessor, talaba yoki savol
beruvchi tomonga buriladi.
O‘qituvchi ma’ruzasi tinglanadi:
Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti ko‘p
asrlik milliy adabiyotning
mantiqiy davomidir. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti tubdan
o‘zgargan milliy ong va tamomila yangilanayotgan estetik
tafakkurning mahsulidir. Bugungi badiiy ijod bilan shug‘illanayotgan
kishilar shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila o‘ziga xos
xilma-xil kishilardir. Isatiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot
o‘z ko‘ngliga
qarshi bormaydigan, vijdoni buyurganini yozadigan
ijodkorlar tomonidan yaratilmoqda. Bu davr o‘zbek yozuvchilarining
ijodini xalq dardining ifodasi deyish mumkin. Shuning uchun ham
istiqlol davri adabiyoti millat manfaatini aks ettiruvchi adabiyotdir
1
.
Shu tariqa o‘qituvchining mavzu bo‘yicha ma’ruzasi
maxsus
qurilmalar orqali boshqa auditoriyalarga uzatiladi.
Xuddi shu mavzu bo‘yicha videokonferensiyani boshqacha
usulda tashkil etish mumkin. Bunda uchta ta’lim muassasasi
hamkorlikda videokonferensiya loyihasi ishlab chiqiladi. Birinchi
ta’lim muassasasi istiqlol davri o‘zbek she’riyati
boyicha loyihada
ishtirok etadi. Ikkinchi ta’lim muassasasi istiqlol davri nasri bo‘yicha
ma’lumotlarni jamlaydi. Uchinchi ta’lim muassasasi esa mustaqillik
davri dramaturgiyasiga e’tabor qaratadi. Uchta ta’lim muassasasi
hamkorligida mavzu boyicha to‘plangan axborotlar bir vaqtning
o‘zida uchta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun samarali bo‘ladi.
1
Qarang: Yo`ldoshev Qozoqboy. Adabiyot. Umumiy o`rta ta`lim
maktablarining 9-sinfi uchun darslik. --T.: Yangi yo`l poligraf servis. 2014. 183-197
betlar.
220