Mazkur platformaning vazifasi oliy ta’lim
muassasalari
pedagoglarining yagona markazlashgan portfoliosini joriy etish, ular
uchun kasbiy faoliyat natijalari va tegishli fanlari bo‘yicha ta’lim
resurslarini yaratish imkoniyatini yaratish va pedagogik faoliyatning
kompleks monitoringini tashkil etishdan iborat. Portfolio uch
qismdan tashkil topgan:
Birinchi qismda pedagogning malaka
oshirish jarayonlari bilan
bog‘liq ma’lumotlar joy olgan. Bu ma’lumotlar pedagog tomonidan
kiritilmaydi. Oliy ta’lim tizimi pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarida tinglovchi
sifatida ro‘yxatdan o‘tgan pedagoglarning ma’lumotlar
bazasini
shakllantirish jarayonida ma’lumotlar tizimga avtomatik tarzda
yig‘ilib boriladi. Bu ma’lumotlarga tinglovchi anketasi, uning kunlik
davomati, kirish
va chiqish testi natijalari, malakani himoya qilish
ishi
mavzusi va bali, qoldirilgan dars soatlari,
olingan diplom,
sertifikat yoki ma’lumotnoma nomeri va hokazolar kiradi
(2-rasm)
.
Pedagogning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2-rasm
Portfolioning ikkinchi qism pedagogning
kasbiy faoliyatini
yoritishga qaratilgan bo‘lib, bu qismdagi ma’lumotlar berilgan login
va parol asosida uning shaxsiy kabinetida tegishli bo‘limlarga
shaxsan pedagog tomonidan davriy to‘ldirilib boriladi (3-rasm).
Kasbiy faoliyat natijalarini kiritib borish sahifasi.
230
Rasm 3.
Bu ma’lumotlar asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarga bo‘lingan.
Asosiy ma’lumotlar pedagogning kasbiy faoliyatida erishgan
yutuqlarini aks ettiruvchi quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: