|
MAYDONI
PEDAGOGNING PORTFOLIOSI HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 157/185 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 3,18 Mb. | | #241922 |
Bog'liq 2018-yil. s.muhamedova. oquv qollanma 0MAYDONI
PEDAGOGNING PORTFOLIOSI HAQIDA TUSHUNCHA
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy
fikrlovchi, ta’limning zamonaviy metod va texnologiyalarini,
pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat
asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo‘llay
oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi.
Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o‘zining samarali
faoliyatini tashkil qilishda o‘quv, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy
tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy
pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o‘zgarib boruvchi
zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar
qo‘yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya
jarayonlaridagi
raqobatbardoshligi
uning
ilg‘or
ta’lim
texnologiyalarini o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zgaruvchan hamda oshib
borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog‘liq.
Bugungi
kunda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning
ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo‘nalish sifatida
qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma’lumotlar
bazasi va talabalar bilan o‘quv muloqotlarini elektron resurslar
asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga
kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini
ishlab chiqishni taqozo etadi.
“Portfolio” tushunchasi XV – XVI asrlarda G‘arbiy Yevropadan
kirib
kelgan
bo‘lib,
uyg‘onish
davrida
arxitektorlar
o‘z
buyurtmachilariga
qurilish
loyihalarini
tayyor
va
homaki
variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim
etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish
loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan.
|
| |