kompyuter ilovalarini real vaqtda ishlatish imkoni yo‘qligi bilan farq
qiladi. Bu sinf yangi axborot texnologiyalarining didaktik xossalari
tasvir, ovoz, grafikani real vaqtda uzatish
imkoni va talabalarga
o‘quv maqsadlari uchun ko‘rsatish imkonini o‘z ichiga oladi. Bu
xossalar o‘qitishning an’anaviy shaklida tuzilgan ma’ruza, seminar
va nazorat tadbirlarini o‘quv jarayonida to‘la holicha qo‘llash
imkonini beradi.
Telekonferensiya.
Telekonferensiya (teleconferencing) – ikki va
undan ortiq guruh qatnashchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish
uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir.
Telekonferensiya o‘zida audiokonferensiya (
audioconferencing
),
videokonferensiya
(videoconferencing)
va
kompyuter
konferensiyalari
(computerconferencing)
kabi texnologiyalarni
mujassamlashtiradi.
Kompyuter
texnologiyalarining
o‘quv jarayonida asosli
qo‘llashning
yana
bir
muhim
jihati,
real
jarayonlar
va
eksperimentlarning
kompyuter
modelini
yaratish
bilan
aloqadorligidir. Kompyuter yordamida ma’lumotlarni
qayta ishlash,
model va natijalarning namoyishi, ko‘p
hollarda, qimmat turadigan
eksperimental qurilmalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rnini bosadi,
ayrim
hollarda (atom va kvant fizika, yarim o‘tkazgichlar, kimyo,
biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni modellashtirish)
jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.