EIDlar – to‘g‘ri proektsiyali doskalardir
–
dars jarayonida
proektor nurlari o‘qituvchi va o‘quvchilarga xalaqit bermasliklari
uchun,
bunday EIDlar bilan ishlashda, maxsus mustahkamlovchi
vositalar yordamida bevosita doska oldiga (tepasiga) o‘rnatiladigan
ultraqisqafokusli proektorlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sensorli interfaol doskalar
– rezistiv matritsa – ya’ni interfaol
doskaning plastik
yuzasiga montaj qilingan, juda ham ingichka
simlardan to‘qilgan va qatlamlari orasida havo bo‘shlig‘i
mavjud
bo‘lgan ikki qatlamli sim to‘r ishlatiladigan doska.
Infraqizil elektron interfaol doskalar –
signallarni qabul qilish
va uzatish vazifasini bajaruvchi infraqizil uskunalardan iborat.
Elektromagnitli
interfaol
doskalar
–
elektromagnit
to‘lqinlarining izolyatsion materiallar orasidan o‘tish xususiyatiga
asoslangan texnologiya.
Mikronuqtali interfaol doskalar -
interfaol
doska
yuzasida maxsus tarzda, mikronuqtalardan tarkib topgan,
ko‘zga ko‘rinmas koordinatali to‘r tushirilgan doska.