bormaydi. Shunday qilib, marker bilan elektron doska yuzasiga ta’sir
ko‘rsatilgan nuqta koordinatalari aniqlanadi va keyingi ishlov berish
uchun kompyuterga uzatiladi. Infraqizil elektron doska yuzasi qattiq
antivandal qatlam bilan qoplangan bo‘lib,
unda marker bilan ham,
qo‘l barmoqlari bilan ham ishlash mumkin.
Elektromagnitli interfaol doskalar
Elektromagnitli
interfaol
doskalarda
elektromagnit
to‘lqinlarining izolyatsion materiallar orasidan o‘tish xususiyatiga
asoslangan texnologiyadan foydalanilgan. Elektromagnit to‘lqinlarini
uzatish vositasi sifatida “elektron stilus” yoki “elektron marker” deb
ataluvchi maxsus elektron qalamdan foydalaniladi.
Ushbu elektron qalam bilan interfaol
doska ustiga chizilganda,
qalam uchi tekkan joyda elektromagnit to‘lqinlari yuzaga keladi.
Yuzaga kelgan elektromagnit to‘lqinlari doskaning X-Y koordinata
simlari orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan axborotlar kompyuterga
uzatilib tahlil qilinadi va elektron marker ta’sir
etgan nuqtalarning
koordinatalari hisoblanadi, axborotlarga
ishlovlar berilib tegishli
amallarning ijrosi ta’minlanadi.
Elektromagnitli interfaol doska ham infraqizil elektron doska
yuzasi kabi
qattiq anivandal qoplamga ega, lekin bunday doskada
qo‘l barmoqlari bilan ishlash imkoniyati mavjud emas.