Buning hisobiga foydalanuvchi nafaqat kursorni boshqarish, balki,
bir vaqtning o‘zida bir necha barmoqlarini ishga solib ob’ekt ustida
ayrim amallarni ham bajarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Masalan,
barmoqlarni ekran ustida bir-biriga yaqinlashtirib tasvirning
o‘lchamini
kichraytirish, yoki aksincha – kattalashtirish va boshqa
turli amallarni bajarish mumkin.
3
Displeylar uchun interfaol qoplamalar
Interfaol
qoplamalar plazmali
va suyuqkristalli displeylarning
ko‘rkam
tashqi
ko‘rinishi
va
tasvirlarining
a’lo
darajadagi
sifatlarini saqlagan holda ularni
katta
sensorli
ekranlarga
aylantiradi.
Bunday
qoplamalardan
foydalanish sohasi
juda ham keng: korporativ majlislar zali, o‘quv auditorialari,
savdo
markazlari, transport terminallari, ko‘rgazma zallari va h.k.
Interfaol qoplama datchiklari hohlagan predmet bilan, ya’ni
qalam, stilus yoki qo‘l barmoqlari bilan ekranga ta’sir etilgan
(tekkazilgan) holatlarni sezadi va aniqlaydi.
Tegishli kalibrovka
amalga oshirilgach, keyinchalik, boshqa
sozlash ishlari va servis
xizmat ko‘rsatish talab etilmaydi
1
.