U-BOARDdan foydalanish juda qulay. U-BOARD maxsus
doska
talab etmagan holda har qanday oq, tekis, silliq yuzada (har qanday
doska, devor) ishlaydi. Kompyuterga ulangan Proyektordan tushgan
yuzaga U-BOARD stansiyasi magnitli skotch bilan qoplangan
(komplekt ichida yetkazib beriladi) ushlagich bilan mahkamlanadi.
Ish sohasi kalibrovkalanadi. Ish sohasi diagonali 3 metrgacha
1
.
O‘qitish jarayonida interaktiv
elektron doska yordamida
interaktiv holda dars-mashg‘ulotlarni o‘tkazish yoki muhokama
etilayotilayotgan masala yuzasidan turli fikrlarni vizual ravishda
barchaga namoyish etish samarali bo‘ladi.
Elektron interfaol doska va uning turlari
Elektron interfaol doska
Elektron
interfaol
doska
(Interactive whiteboard) bu – ta’lim
berishning
zamonaviy
vositasi
bo‘lib, kompyuter va proektordan
iborat majmua tarkibida ishlaydi.
Kompyuterning
ishchi
stolidagi
tasvirlar
proektor
yordamida
interfaol doska yuzasiga tushiriladi.
Bunda doska yuzasiga tushirilgan tasvirlar bilan interfaol usulda
ishlash mumkin, ya’ni kompyuterning grafik interfeysini sensorli
boshqarish, turli ob’ektlarni
yaratish, oldin yaratilgan ob’ektlarni
ochish, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va h.k. Kiritilgan barcha
o‘zgartirishlar va yaratilgan yangi ob’ektlarni, ularga kelgusida
qo‘shimcha ishlov berish uchun kompyuter xotirasiga yozib qo‘yish
yoki tashqi axborot tashuvchi vositalarga ko‘chirib olish
mumkin. Elektron interfaol doska (EID)
maxsus elektron qalam
(stilus, marker) orqali, shuningdek, qo‘l barmoqlari bilan ham
boshqarilishi
mumkin
(bu
interfaol
doskanining
qaysi
texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo‘ladi).
Bunda interfaol doska va kompyuter o‘rtasida ikki tomonlama aloqa
o‘rnatiladi, maxsus qalam (stilus, marker) yoki qo‘l barmoqlari esa
sichqoncha kabi ishlaydi.
1
http://www.delight2000.com/about/publication/kak-vybrat-interaktivnuyu-
dosku/
207
EID
darslarni yanada qiziqarli
va ko‘rgazmali tarzda o‘tishga
keng
imkoniyatlar
yaratadi.
Mazkur
doska
yordamida
o‘qituvchi
interfaol
ta’lim
resurslarni
namoyish
etishi,
mustaqil
ravishda
dars
ishlanmalarini
tayyorlashi
va
o‘quvchilarni doska bilan ishlashga
faol jalb etish orqali darslarni
yanada mazmunli va qiziqarli
tashkil etishi mumkin. Interfaol
doska yordamida bajarilayotgan barcha
amallar tegishli fayllarda
xotiraga olinishi va o‘tilayotgan darsga tayyor elektron material
sifatida
o‘quvchilarga tarqatib berilishi mumkin. Interfaol
doskalarning dasturiy ta’minoti o‘quvchilarni dars jarayoniga yanada
faolroq jalb etadigan va yangi mavzu bo‘yicha bilimlarni tezroq
o‘zlashtirishga yordam beradigan noyob
usulubiy materiallarni
yaratish imoniyatini beradi.