O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 352 Kb.
bet3/23
Sana09.12.2023
Hajmi352 Kb.
#114237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1 falsafa umumiy 2014-15

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o’z—o’zini anglash va to’g`ri fikrlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish orqali hayotda o’z o’rnini topish;
- o’zining eng oliy maqsadini topish va unga erishish yulida maqsadli faoliyat olib borish;
- jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish, voqealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish;
- o’z-o’zini ma’naviy axloqiy tarbiyalash;
- jamiyatni demokratlashtirish va modernizastiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash.
Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar
“Falsafa” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;
- falsafa tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini bayon etishi hamda ilmiy asoslay olishi, milliy falsafani anglagan holda Vatan tuyg`usi shakllangan bo’lishi;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olishi;
- insonning inson, jamiyat, atrof muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda joriy qilishi;
- axborotni to’plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
- bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, takomillashtirishi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
- dunyoning global muammolaridan xabardor bo’lishi, fundamental globallashuvni globallashuvning boshqa jihatlaridan farqlay olishi, xususiy, milliy, mintaqaviy muammolarni o’rganishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olishi,
- sog`lom turmush tarzi haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi, o’zini jismonan takomillashtirish malakasi va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Download 352 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 352 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 352 Kb.