|
Kafedra mudiri: __________ dots.f.f.n. F.Yuldasheva
|
bet | 2/23 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 352 Kb. | | #114237 |
Bog'liq 1 falsafa umumiy 2014-15Kafedra mudiri: __________ dots.f.f.n. F.Yuldasheva
Fanning ishchi o’quv dasturi Andijon davlat universiteti Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar fakulteti kengashining 2015 - yil “____” avgustdagi “___” – son majlisida muhokama etildi va ma'qullandi.
Fakultet kengashi raisi: _____________ dotsent O’.Ubaydullayev
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: _________ dotsent R.Mullajonov
KIRISH
Mustaqillikning taraqqiyot yo’li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo’lgan falsafa o’zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”.
Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o’zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o’zgarishi hamdir. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam - medistina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo’ladimi, bundan qat’iy nazar – hayotning, o’z kasbining ma’no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi bo’lish uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo’lish darkor”. Shundagina inson buyuk allomalar orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo’sha oladi.
“Falsafa” fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlarida o’rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda.
Mazkur fanni mohiyatini o’rganishimiz jarayonida, uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o’z-o’zini va o’zini qurshagan dunyoni anglab etishida qanday rol o’ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo’ladi”. “Bir so’z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish” - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g`oyasi, falsafasini ko’proq bilishimiz, kerak bo’lsa, uning o’zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim”.
Shu bois falsafaga yaxlit munosabatni unda ko’tarilgan masalalarning teranroq va to’liqroq talqini mazkur dastur mazmunida ifodalashga harakat qilingan. Mazkur dasturning birinchi bo’limida falsafaning mohiyati, rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo’nalishi haqidagi masalalarga e’tibor qaratilgan. Ikkinchi bo’limdan ontologiya – borliq falsafasi, falsafada substanstiya va materiya muammosi, harakat va rivojlanish, makon va vaqt, tabiat falsafasi va inson borlig`i muammolari o’rin olgan.
Dasturning uchinchi bo’limi rivojlanish falsafasiga bag`ishlangan bo’lib, unda o’zaro aloqadorlik va taraqqiyot masalalari, falsafa qonun va kategoriyalarining eng umumiy jihatlari ko’rsatilgan. To’rtinchi bo’lim bilish falsafasi, hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, falsafada haqiqat muammosi, nazariya va amaliyotning birligi, metod va metodologiya, axborotlashuvning falsafiy asoslari, tushunish va tushuntirish kabi masalalarni o’z ichiga olgan. Beshinchi bo’limda jamiyat falsafasining muhim muammolari – tarix falsafasi, falsafiy antropologiya, faoliyat falsafasi, ijtimoiy prognozlashtirish va globallashuvning falsafiy masalalari yoritiladi.
Dasturda falsafiy muammolarga yangicha falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashilgan, nazariya va amaliyot uyg`unligiga e’tibor qaratilgan.
|
| |