|
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan ketma – ketligi
|
bet | 4/23 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 352 Kb. | | #114237 |
Bog'liq 1 falsafa umumiy 2014-15Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan ketma – ketligi
“Falsafa” fani o’quv rejadagi inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatini o’rganuvchi - tarix, psixologiya sostiologiya, pedagogika kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, tabiiy jarayonlar dialektikasini o’rganuvchi fizika, matematika, biologiya, astranomiya, kimyo kabi tabiiy ilmiy fanlar bilan aloqador. Umuman falsafa tabiiy va ijtimoiy fan bilimlarini o’zida mujassamlashtiruvchi olam va odam haqidagi eng umumiy bilimlar majmui.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni yosh mutaxassisning dunyoni bilish orqali o’z-o’zini anglashi, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashishi, mehnati samarasi bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shayotganligini anglashida namoyon bo’ladi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Falsafa fanini o’qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, ob’ektivlik tamoyillariga amal qilingani holda an’naviy usullar, davra suhbati, klaster, bahs-munozara, aqliy hujum, prezentastiya kabi zamonaviy pedogogik texnologiya vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarga fanning ba’zi mavzulari bo’yicha darslar elektron vositalar yordamida tashkil qilinadi. Talabalarning matematika va informatika o’qitish usullari fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza, seminar mashg’ulotlarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Dasturdagi mavzularni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning «Aqliy xujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Munozarali dars» kabi uslublaridan foydalaniladi, shuningdek, mavzularga oid slaydlar, multimediya namoyishidan foydalanish ko‘zda tutiladi.
“G‘oyalar falsafasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
|
| |