|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 24/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)13 - mashq. a) xodim (talaba)rimg ish (o'qish)ga munosabatini ifodalovchi quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘z misollaringiz bilan to‘ldirib, daftaringizga ko‘chiring.
Vijdonli, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida bajaradigan, ongli, dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘zi va o‘rtoqlariga talabchan, o‘z ishini yaxshi biladigan, intizomli, hoziijavob, mas’uliyatli ... .
b) ushbu so‘z va qoliplashgan so‘z birikmalaridan foydalanib guruhdoshingiz (o'qituvchingiz)ning o‘z ishiga munosabatini yorituvchi tavsifnoma matnini tayyorlang.
14 - mashq. Zarur so‘z va birikmalami qo'shib, gaplarni to'ldiring. Fe’l shakj^ming qo'llanishiga e’tibor bering.
1. Men Ilhom Shokirov... 2001- yildan ... taniy... . 2. Shu litsey... ingliz tili guruhi... birga o‘qiy... . 3. I. Shokirov intizomli..., ..., ...., talaba... tanilgan. 4. Litseyimizning ja- moat ishlari... faol qatnash... . 5. U sport ... muntazam shug‘ullana... , shu yilgi respublika festivalida stol tennisi...faxrli uchinchi o‘rin... egal... . 6. U ingliz til biladi, erkinso‘z... ola... . 7. Ingliz tilidagi ko'plab badiiy kitob ... mustaqil o‘qiy... . 8. Shun... ko‘ra, men Ilhom Shokirovni Mirzo Ulug‘bek nom... sti pendiyani ohsh ... tanlovda qatnashish... tavsiya eta... .
15 - mashq. Ma’lumotnoma matnini o‘qing, ajratilgan so‘zlaming ma’nolarini izohlang.
Litsey direktori S. Sobirovga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
Tushgan shikoyatlar haqida
MA’LUMOTNOMA
2001-2002- o‘quv yilining ikkinchi yarmida universitetning ikkita yotoqxonasida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan.
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoi- dalariga muvofiq tar/da ko‘rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati
Shu’ba raisi (imzo) N. Mahkamov
16 - mashq. So‘z va birikmalarni quyidagi savollarga javoblar tartibida joylashtiring.
Kim? Qayerda ? Kim bo’lib ? Nima qiladi ?
Tuman soliq nazorati idorasida, ishlaydi, Aziz Ibrohimov, iqtisodchi, o‘qiydi, Farg‘ona akademik litseyida, ikkinchi bosqich talabasi, «Sharq tongi» tikuvchilik fabrikasida, bosh muhandis, tadbirkor, Yunusobod savdo markazida, lavozimida, hisoblanadi, dorishunos bo‘lib, 18- sonli dorixonada, Buxoro shahar To'qimachilar tumanidagi.
|
| |