• Fanning maqsadi va vazifalari
  • Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
  • O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: __________ dotsent Abdullayev Q




    Download 119,5 Kb.
    bet2/9
    Sana13.06.2024
    Hajmi119,5 Kb.
    #263345
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Магистратура 2014
    Arifmetik amallarni o, Muhammad al, kirish (2), xotirani boshqarish
    O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: __________ dotsent Abdullayev Q.

    Kirish
    Mazkur fan dasturi magistratura mutaxassisligining barcha ta’lim yo’nalishida o’qiladigan «Axborot tizimlari» o’quv fani bo’yicha tuzilgan bo’lib, bo’lajak mutaxassis egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuini o’z ichiga oladi.
    Fanning maqsadi va vazifalari
    Axborot tizimlari fanini o’qitishdan maqsad – har bir mutaxassis o’z kasbiy sohasida qo’llashi lozim bo’lgan axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi va ulardan foydalanish uchun ko’nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
    Axborot tizimlari fanining vazifasi:
    - zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari haqida ma’lumotlarni berish; har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko’rsatish; axborot tizimlari va turlari, ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari haqida ma’lumotlar berish, operasion sistemalarning yangi turlari bilan tanishtirish, zamonaviy texnik vaositalarning qo’llanilish imkoniyatlari, kompyuter grafikasi va uning turlari bilan tanishish, kompyuter tarmog’i haqida ma’lumotlar berish; lokal va global kompyuter to’rlarining imkoniyatlarini ochib berish; global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni hosil qilish yo’llarini o’rgatish, dasturlash texnologiyasining uskunaviy votisalari xaqida ma’lumotlar berishdan iborat.
    Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
    «Axborot tizimlari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
    - Axborot tizimlari,zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llash sohalari va ularning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni, Axborotlashtirishning konseptual asoslari. Axborotlashtirishning dasturiy shakllari va ilmiy-metodik asoslari, tashkiliy-iqtisodiy boshqarish soxalaridagi masalalarni yechishda zamonaviy kompyuter texnikalaridan samarali foydalanish, boshqarishda axborot texnologiyalari va tizimlarining asosiy jixatlari, iqtisodiyotda boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, axborot xavfsizigining asosiy tushunchalari va uning tasnifi, Axborot texnologiyalarini tadbiq qilishning dasturiy vositalari, Amaliy dasturlar paketi, Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari, Davlat sektorida elektron boshqaruv usullari. Intellektual tizimlar va texnologiyalar Turli soxalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanishning istiqbolli yo’nalishlarini bilishi kerak.
    Zamonaviy axborot texnologiyalar imkoniyatlarini; axborot tizimlari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, dasturiy ta’minot turlarini, kompyuter grafik dasturlarini, kompyuter tarmoqlari turlari va ularning imkoniyatlarini; global kompyuter tarmoqini; elektron pochta; masofaviy ta’lim; video va telekonferensiyalarni tashkil etish yo’llarini; Internet tarmogida ishni tashkil qilish usullarini; zamonaviy dasturlash tillaridan birini bilishi, o’quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanish, Intellektual tizimlar va texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
    Amaliy dasturlar paketida ishlash; axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan ishlash; axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini boshqarish usullari, Video va telekonferensiyalar tashkil qilish; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalaridan foydalanish; kompyuter grafik dasturlarida ishlash, internet resurslar va ulardan o’quv jarayonida foydalanish, axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish malakalariga ega bo’lish kerak.

    Download 119,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 119,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: __________ dotsent Abdullayev Q

    Download 119,5 Kb.