|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 11/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Nazorat uchun savollar:
Texnologiya soʻzi nimani anglatadi?
Axborot texnologiya tushunchasiga taʻrif bering.
Axborot tizimi nima?
Axborotlashgan jamiyat deganda nimani tushunasiz?
Ta’limda zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi haqida maʻlumot bering.
Xukumatimiz tomonidan axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilish boʻyicha qanday qaror va farmonlar qabul qilingan?
“Tarmoq texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Tarmoq texnologiyalarining qoʻllanilish sohalari haqida maʻlumot bering.
Keng polosali tarmoq nima?
FTTx texnologiyasi haqida ma’lumot bering.
Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti
Elektromagnit toʻlqin shakllari – elektr toki, radiotoʻlqinlar yoki yorugʻlik, maʻlumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu maʻlumot uzatiladi. Uzatilayotgan maʻlumot tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimediya)dan
iborat boʻlishi mumkin. Maʻlumot ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz, raqamli esa diskret shaklda uzatiladi.
Analogli signallar (uzluksiz toʻlqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan vositalari: telefon, radio va televideniyelar analogli signallar bilan ishlashga moʻljallangan edi. Analog signal tashuvchi toʻlqin deb ataluvchi uzluksiz elektrik signallardan tashkil topgan toʻlqindan iborat. Analogli tashuvchi toʻlqinlarning ikki asosiy koʻrsatkichi chastota va amplituda dan iborat:
Chastota – toʻlqin tebranish- larining vaqt birligida (sekund) necha marta toʻliq takrorlanishini bildiruvchi son.
Amplituda – berilgan vaqt oraligʻidagi toʻlqinning maksimal balandligi. Ovoz (signal) ning baland-pastligi amplitudaga bogʻliq boʻladi.
|
| |