Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6,
|
Edinburg - 1879.5.11, Kembrij) - ingliz
|
fizigi, klassik elektrodinamika, statistik
|
fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik
|
nazariyasipp yaratganlardan biri,
|
radiotexnikaning vujudga kelishi uchun
|
poydevor qoʻygan shaxs. London
|
Qirollik jamiyatining aʼzosi (1860).
|
Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850—
|
54) universitetlarida oʻqigan. Aberdin
|
(Shotlandiya, 1856-60), London (1860—
|
65), Kembrij (1871 yildan) untlari prof.
|
1871 yildan Kembrij unti qoshida oʻzi
|
tashkil etgan Kavendish lab. direktori.
|
Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika,
|
mexanika, elastiklik nazariyasi va
|
boshqalarga oid. Gazlar kinetik
|
nazariyasini rivojlantirgan holda statistik
|
muvozanat holatidagi gaz
|
molekulalarining tezliklar boʻyicha
|
taqsimlanish qonunini topgan (1859).
|
Faradey gʻoyasini rivojlantirgan holda
|
makroskopik elektrodinamikaning
|
maʼlum omillarini umumlashtirib
|
elektromagnit maydon nazariyasini
|
yaratgan (1855—73). Bu nazariya
|
asosida Maksvell tenglamalari deb
|
ataluvchi toʻrtta differensial tenglama
|
yotadi (qarang Maksvell tenglamalari).
Tenglamalarni tahlil etib, M. yorugʻlik
|
elektromagnit toʻlqinlardan iborat
|
ekanligi haqidagi muhim xulosalarga
|
keldi. M.ning elektromagnetizm
|
nazariyasi hozirgi zamon fizikasining
|
klassik asosi hisoblanadi.1
|