|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 67/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Lokal hisoblash tarmogʻi turlari
LHTning asosiy ikki turi mavjud: kliyent-server va piring.
Kliyent-server tipidagi LHT. Bu tipdagi LHT talab qiluvchi mikrokompyuter – kliyentlar va xizmat koʻrsatuvchi qurilmalar- serverlardan iborat. Server taqsimlangan maʻlumot va qurilmalarni (masala, printer) boshqarib turadi. Tarmoq operatsion sistemasining bir qismi esa serverlarda joylashadi. Tarmoq operatsion sistemasi uzoqdagi disklarni “yaqinlashtiradi”. Server odatda kuchliroq kompyuter boʻlib, katta operativ xotira va katta sigʻimli qattiq diskka ega boʻladi. Yaqin oʻtmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi LHTlar eng koʻp tarqalgan edi. Kliyent-server texnologiyasi Internet tarmogʻiga ulanishda ham amal qiladi. Kliyent mashina GUI asosidagi operatsion sistema va brouzerga ega boʻlishi yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin (fayl-server, maʻlumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va hokazo).
Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT. “Peer” soʻzi “oʻzga bilan teng huquqli” degan maʻnoni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha kompyuterlar hech qanday serversiz bir-birlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishadi. Bunda tarmoq operatsion sistemasi har bir kompyuter ham server, ham kliyent boʻlishiga imkon beradi. Shuning uchun bir kompyutyerdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy boshqa foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali ishlaydi. Kompyuterlar soni bundan oshsa, maʻlumot almashinish tezligi keskin pasayadi, chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga
xizmat koʻrsatishiga toʻgʻri keladi. Koʻpgina LHTlar ham kliyent-server, ham piring tipidagi tarmoq birlashmasidan iborat.
Lokal hisoblash tarmogʻining tarkibiy qismlari.
LHT bir nechta standart komponentalardan tuzilgan:
|
| |