18
6-rasm. Tut ipak qurtining tashqi ko’rinishi va tana qismlarining
morfologik ko’rinishi.
Teri qoplami, po’st tashlashi va rangi. Hasharotlarning teri qoplami ularni
mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi
va tashqi skelet vazifasini
bajaradi. Terining ichki tomonida muskullar joylashgan bo’lib, ular hasharotni
mahkam tutib turadi. Umurtqali hayvonlarning organizmi
skeleti bilan birga
o’sib rivojlanadi, hasharotlarda esa teri qoplamining deyarli o’zgarmaydi,
chunki kutikula cho’zilmaydi. Shuning uchun organizm o’sib
rivojlangan sari
vaqti-vaqti bilan hasharot eski terisini tashlaydi va yangi teri o’sib chiqadi.
Ipak qurtining teri qoplami 3 ta asosiy: k u t i k u l a, g i p o d e r m a v a
b a z a l membrana qatlamidan iborat.
Hasharotlarda k u t i k u l a yoki po’st - terining ustki qatlami bo’lib,
gipodermaning mahsuli hisoblanadi va u hujayraviy tuzilishga ega emas.
Kutikula ham o’z navbatida uchta qavat: tashqi - e p i k u t i k u l a , o’rta -
e k z o k u t i k u l a va ostki - e n d o k u t i k u l a d a n iborat.
19
Epikutikula juda yupqa, yog’simon aralashma va mumsimon moddalar —
kutikulindan iborat bo’lib, qurtni tashqi ta’sirlardan saqlaydi.
U suv
o’tkazmaydi, kislota va ishqor eritmalaridan ta’sirlanmaydi. Shuningdek,
birmuncha cho’zilish imkoniga ega.
Endokutikula qalin, mustahkam bo’lib,
asosan erimaydigan oqsil
moddalar aralashgan xitindan iborat.
Kutikula ostki qavatining tagida tirik hujayralar qavati - g i p o d e r m a
yotadi. Bu hujayralar qavati kutikula qavatlarini hosil qiladigan moddalar ishlab
chiqaradi. Gipoderma ostida 15 juft po’st tashlash bezlari joylashgan bo’lib, ular
ko’krak bo’g’imlarining har birida va qorinning sakkizinchi bo’g’imida 2
juftdan, qorinning oldingi yettita bo’g’imida bir juftdan joylashgan.