21
Yangi teri hosil bo’lishda dastlab yupqa yuqorigi qavat o’rta qavat hosil
qiladi. Po’st tashlash suyuqligi bo’yin nayidan o’tib, yangi hosil bo’lgan
yuqorigi qavat bilan eski terining ostki qavati o’rtasidagi bo’shliqni to’ldiradi.
Natijada muskullar va qon
bosimi ta’sirida ko’krak bo’g’imlarining orqa
tomonidan eski teri yoriladi. Qurt po’st tashlash oldidan ipak tolalari yordamida
qorin oyoqlarini o’zi turgan novda yoki bargga yopishtiradi, po’st yorilgandan
keyin eski teri ichidan asta-sekin o’rmalab chiqadi. Yangi po’stning yuzasi
tezda quriydi va qotib qoladi. Shu bilan po’st tashlash jarayoni tugaydi.
Uchinchi yoshida qurtning rangi yana ham oqaradi va qurtning doimiy
rangi hosil bo’ladi.
Ipak qurtlari asosan oddiy: zebrasimon, gilamsimon, ko’p oysimon,
baxmalsimon
OQ
rangli bo’ladi. Bundan tashqari tabiatda kul rang-sarg’ish,
ko’kish-yashil va boshqa ranglardagi qurtlar ham uchraydi. Qurt tanasining
odatdagi rangi oq,
bo’lib, ikkinchi va beshinchi bo’g’imlarida ikki juftdan
yarimoysimon dog’i bor. Ipak qurtlari tanasining rangi terining hujayrali
qavatidagi va qonining tarkibidagi pigment moddalarga bog’liq.