35
S e z g i o r g a n l a r i hasharotlarda markaziy
nerv sistemasining uchlari
hisoblanib, ular tashqi muhit ta’sirini bevosita qabul qiladi va tashqi
sharoitning har qanday o’zgarishiga yoki uning organizmga ta’siriga javob
qaytaradi. Bu organlar ikkita asosiy gurux: mexanik, ya’ni sezish va ko’rish;
kimyoviy, ya’ni hid bilish va ta’m bilish organlariga bo’linadi.
Tut ipak qurtida olti juft oddiy ko’z ko’rish organi bo’lib,
bular bosh
kapsulasining ikki yon tomonida joylashgan. Ular tomoq usti tugunining
ko’rish qismidan chiquvchi bir juft nerv tolalari orqali bog’langan. Har bir ko’z
shox qavat, gavhar va ko’rish nervining nerv tolalariga o’tuvchi to’r pardadan
tashkil topgan. Bu oddiy ko’zlar bilan tut ipak qurtlari yaqin masofalarnigina
ko’ra oladi. Buyumlarning ko’rinishi
va rangini farqlay olmaydi, ular faqat
tushgan yorug’likka qarab narsalarni ajratadi.
Ipak qurtining chiqarish va ichki sekresiya organlari. Hasharot
organizmida moddalar almashinish jarayonida gaz, bug’,
suyuq va qattiq
holatdagi keraksiz moddalar hosil bo’ladi. Gazsimon moddalar nafas olish
organlari orqali tashqariga chiqariladi. Suyuq va qattiq holdagi keraksiz
moddalar maxsus chiqaruv organlari orqali hazm bo’lmagan va singdirilmagan
ovqat qismlari — tezaklar esa ichak yo’llari
orqali tashqariga chiqarib
yuboriladi.
Organizmdan tashqariga chiqariladigan moddalar xarakteriga qarab
chiqarish organlari yoki bezlar uch guruhga: e k s k r e s i y a , ya’ni
organizm
uchun foydasiz va zararli moddalarni tashqariga chiqarib tashlaydigan organ:
s e k r e s i y a — organizmning normal hayoti uchun zarur bo’lgan moddalar
ishlab chiqaruvchi organ va e n d o k r i n, ya’ni
garmon yoki inkret sekret
ishlab chiqaruvchi bezlarga bo’linadi.
Ekskretor ikki xil: tashlandiq moddalarni tashqariga chiqaradigan
emunktoriyalar va depuratorlar yoki tozalovchi organ bo’lib, ular oqsillar
buzilishidan hosil bo’lgan mahsulotlarni ajratadi
yoki ularni tashqariga
chiqarish uchun emunktoriyalarga yuboradi.