28
oziq massasidan suyuq qiyom ajraladi va o’rta ichakka qaytib keladi. So’ngra bu
suyuq qismdagi oziq moddalar qayta hazm bo’ladi va so’riladi. Suyuq oziq
massasining bir qismi ingichka va yo’g’on ichak devorlari orqali so’riladi. Oziq
massasini siqib chiqargandan keyingi qoldiqqa malpigiyev naylarining
ajratmalari qo’shiladi. Bular ingichka ichakka tushib tezakka (ekskrimentga)
aylanadi. Ovqat hazm qilish normal borganda, tezak biroz yashil dog’li,
qora
tusga ega bo’ladi. Tezakda ko’p miqdorda hazm bo’lmagan tut bargi
hujayralari bo’ladi.
Umuman, qurt bargi tarkibidagi oziq moddalarning 50 foizgacha qismini
o’zlashtiradi, qolgan qismi tezak shaklida tashqariga chiqarib yuboriladi.