Ipak qurtining qon aylanish va nafas olish sistemasi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Ipak qurtining qon aylanish va nafas olish sistemasi. Hasharotlarning qon 
aylanish sistemasi ochiq holda bo’ladi. Ularda qon gavda bo’shlig’ining 
organlar oralig’ini to’ldirib, yuvib turadi. Ovqat hazm bo’lish jarayonida hosil 
bo’lgan oziq moddalar ham tananing umumiy bo’shlig’iga tushib, har turli 
organ va to’qimalarning hujayralari tomonidan eritma holida o’zlashtiriladi. 
Umurtqali hayvonlarda bunday erigan moddalar qon tarkibida bo’ladi. Qon 
o’zining eng mayda kapillyarlari bilan tananing hamma to’qimalariga yetib 
boruvchi qon tomirlarining berk sistemasida aylanib yuradi. Hasharotlarda 
esa qon vazifasini bajaruvchi suyuqlik (yuqorida ta’kidlaganimizdek) hamma 
organlarni ta’minlab, butun tana bo’shlig’i bo’ylab erkin harakat qiladi. Qon 
vazifasini bajaruvchi suyuqlik, ayni vaqtda limfa hamdir. Qon suyuqligi suyuq 
holdagi to’qimadan iborat bo’lib g e m o l i m f a deb ataladi. 
Donsiz 
gemositlar 
eng 
mayda 
(diametri 
10 
mikronga 
yaqin) 
gemositoplastlardir. Bular yosh hujayra hisoblanib, ularning yadrosi yupqa 
hoshiyali protoplazma bilan o’ralgan bo’lib, rivojlangan sari, duksimon 
cho’zilgan shaklni oladi. 2-2,5 marta yiriklashib dugsimon fagositlarga 
aylanadi. Bular bo’linib, organizmga kirgan mikroblarni o’ldiradi. Fagositlar 
rivojlanishining keyingi davrida qon hujayralarining protoplazmasi donsiz 
tuzilishini saqlagan holda yana ham kattalashadi va e n o s i t o i d l a r d e b
ataladi. Bularda kichikroq yadro va yirik vakuol bo’ladi. Qon hujayralari 


29 
bosqichma-bosqich sharsimon vakuolli hujayralarga - s f e r u l o s i t l a r g a
aylanadi. 
Qurt gemolimfasida oksidlovchi fermentlar bo’lib, ular ta’sirida 
melanoza hodisasi ro’y beradi ya’ni havoda qonga oksidlanish natijasida to’q-
qo’ng’ir yoki qora rangga kiradi. 
Oksidlovchi fermentlarning oz-ko’pligiga qarab turli zotlar pillasining rangi 
turlichadir, erkak qurt gemolimfasi urg’ochi qurtlarga nisbatan rangsizroq 
bo’ladi. 
Ipak qurtida gemolimfaning tana bo’ylab harakati, yelka (orqa tomonda 
joylashgan naysimon organ - bel naychasining urishi natijasida sodir bo’ladi. 
Bel naychasi yoki yelka qon tomirining old qismi - aorta va keyingi 
qisqarib - kengayuvchi kameralardan tuzilgan qismi "yurak" ka bo’linadi. 
Aorta ikkinchi ko’krak bo’g’imidan boshlanib, oz torayib boruvchi silliq 
nay ko’rinishida, bosh bo’shlig’igacha yetib boradi va u yerda uncha katta 
bo’lmagan teshik bilan tugaydi. Yurak qorin qismining 8-bo’g’imidan 
boshlanib, ko’krakning ikkinchi bo’g’inigacha davom etadi. U uzunligi 
bo’yicha orqaning teri qoplamiga biriktiruvchi to’qima paylari bilan 
birlashgan. Yurakning devori yarim xalqa ko’rinishidagi va o’zining chetlari 
bilan yuqori va pastki o’rta chiziq bo’ylab o’zaro birlashgan ikki qator yassi 
hujayralardan iborat bo’lib, yon devorlarida "cho’ntakchalar" deb ataluvchi 
alohida chuqurchalarda 7 juft teshikcha bor. Yurak qisqarganda cho’ntaklar 
teshikni bekitadi. Yurakdan teng yonli uchburchak ko’rinishidagi sakkiz juft 
qanotsimon muskullar chiqib, har bir juft uchburchak asoslari bir -biriga 
qaragan, ularning uchlari teri qoplami bilan birlashgan bo’lib, birinchi jufti 
qurt tanasidagi uchinchi ko’krak bo’g’imi bilan birinchi qorin bo’g’imi 
o’rtasida, oxirgi jufti esa yettinchi va sakkizinchi qorin bo’g’imi orasida 
joylashgan. Yurak devordagi muskul tolalari yordamida qisqaradi, bunda 
yurakning hamma qismlari birin-ketin tananing oxirgi qismidan oldingi tomon 
qisqaradi. Bu to’lqinsimon qisqarish ob-havo haroratiga, qurtning yoshiga 
bog’lik bo’lib, ayniqsa, sakkizinchi bo’g’im oldida yaxshi seziladi. 


30 
Qon aylanish jarayonida gemolimfa tananing umumiy bo’shlig’idan 
og’izcha - ustisa orqali yurakka tushadi: gemolimfani orqa qismdan aortaga 
haydovchi to’lqinsimon qisqarish natijasida gemolimfa yurak bo’ylab tarqalib, 
aorta orqali bosh bo’shlig’iga boradi, bu yerdan esa tananing umumiy 
bo’shlig’iga tushadi. Gemolimfa hamma organ va to’qimalarga borib, uni 
yuvib, yana og’izchaga qaytib tushadi. Yurak qismining kengayishi 
qanotsimon muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. 
Yurak faoliyati nerv sistemasi orqali boshqariladi, tomoq usti nerv 
tugunlari qo’zg’alish markazi hisoblanadi. Qorin nerv tugunlari pulsni 
boshqaradi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ipak qurtining qon aylanish va nafas olish sistemasi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish