• Asosiy tushunchalar: Ipak qurti muskullarining tuzilishi.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar, tirik yoki 
    fiksasiyalangan 5-yoshdagi tut ipak qurtlari, ipak qurtining muskullari, qon 
    aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, nerv sistemasi, ovqat hazm qilish 
    sistemasi tasvirlangan rangli jadvallar. 
    Asosiy tushunchalar: Ipak qurti muskullarining tuzilishi. Hayvonlarning 
    hamma harakatlari muskullar yordamida amalga oshiriladi. Hayvonlarda silliq va 
    ko’ndalang-targ’il, hasharotlarda esa faqat ko’ndalang-targ’il muskullar mavjud. 
    Hasharotlarning muskullari tuzilishi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. 
    Umurtqali hayvonlarda muskul tolalari biriktiruvchi to’qima qavati bilan 
    qoplangan bo’lib, ayrim guruhni tashkil kiladi va turlicha kuchga ega bo’lgan 
    muskullar to’plamini hosil qiladi. Hasharotlarda esa har bir muskul tolasi bir-
    biridan alohida-alohida joylashadi. Muskul bog’lamlarining ayrim birikmalari 
    umumiy yoki alohida paylar yordamida biror nuqtaga birikadi va bundan 
    yelpig’ich holida chiqib, qarama-qarshi tomonlarda joylashgan bir nechta 
    nuqtaga birikadi. Shuning uchun hasharotlarda har bir muskul tolasi alohida 
    muskul hisoblanadi. 
    Qurtning bosh tomonida uning o’simtalari, mo’ylovi, jag’lar, ostki lab, 
    paypaslagichlar va boshqalarni harakatga keltiruvchi muskullar joylashgan. 
    Ovqat hazm qilish sistemasida ichakning bo’ylama (uzunasiga) va xalqali 
    muskullari, hamda yurak ish faoliyati bilan bog’liq qanotsimon muskullar 


    24 
    mavjud. Muskullarning ishlashi nerv sistemasi faoliyati bilan bevosita bog’liq, 
    shuning uchun muskullarda nerv tugunlari juda ko’p bo’ladi. 
    Muskullar ishlayotgan vaqtda juda ko’p oziq moddasi va kislorod talab 
    qiladi. Shuning uchun ham ularga juda ko’p miqdorda mayda nafas tolalari – 
    traxeolalar tutashgan, bundan tashqari har bir muskulga gemolimfa oqib keladi 
    va undagi oziq moddalar biriktiruvchi to’qima pardasi orqali o’tadi.
    Ipak qurtlarida to’g’ri chiziq bo’ylab joylashgan muskul tolalari paylar 
    orqali terining ikki qarama-qarshi nuqtasiga birlashgan. Qurtda hammasi 
    bo’lib ko’ndalang 268 ta, qiyshiq 168 ta va o’zunasiga ketgan muskullar 
    110 ta bo’lib, ularning ish faoliyati o’zaro bog’liq.

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish