• Nafas olish sistemasi.
  • -rasm. A — ipak qurti tanasidagi bug‘imlarga nisbatan bel




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    12-rasm. A — ipak qurti tanasidagi bug‘imlarga nisbatan bel 
    naychasi va qanotsimon muskullarning joylashishi B - bel 
    naychasining qisqarishi; V – bel naychasining yozilishi; G — qon
    hujayralari; 1-aorta; 2-yurak; 3-naychadagi cho‘ntakcha teshiklar; 4 
    -qanotsimon muskullar; 5-yurak old bo‘shlig‘i; 6-bel naychasi; 7-ichak; 8-
    gemotsitoblastlar; 9-urchuqsimon hujayralar 10-Sferulotsitlar; 11-
    enotsitdidlar; 12-donador hujayralar. 


    31 
    Nafas olish sistemasi. Tut ipak qurti ham boshqa hasharotlar singari 
    traxeya sistemasi orqali nafas oladi. Shuning uchun ham traxeya orqali nafas 
    oluvchilar (Tracheata) kenja tipiga kiradi. Traxeya organi qurtning teri ostidagi 
    muskullar orasida zich tarmoqlangan ichki organlarni o’rab olgan naychasimon 
    tolalardan iborat bo’lib, qabul qilingan kislorodni organ va to’qimalarga, ayrim 
    hujayralarga traxeyalar orqali yetkazib beradi. Traxeya naychalarining bir uchi 
    qurt tanasida tashqi muhitga ochilgan bo’ladi. 
    Asosiy traxeya qurt tanasiga parallel holda yon tomonlarda joylashgan, 
    uning tashqariga ochiluvchi teshikchalari mavjud. Teshikchalar nafas olish 
    teshigi deb ataladi. Teshikchalar ko’krakning birinchi va qorin qismining 1 -8- 
    bo’g’imlarida joylashgan. 
    Nafas teshigi oval shaklida bo’lib, chekkalarida chang zarrachalaridan 
    himoya qiluvchi tuklari bor. Teshikchalar orqasida traxeyaning boshlang’ich 
    keng qismi - og’izcha joylashgan. Teshikcha yaqinida traxeyaning yarim 
    aylanasini yoysimon shaklda o’rab turganga o’xshash dastlabki bekituvchi 
    yoy, uning qarama-qarshi tomonida ikkilamchi bekituvchi yoy joylashgan. Shu 
    yerda ikkilamchi
    bekituvchi yoy bilan bir sathda ikki qator xitinli 
    tayoqchalardan iborat bekituvchi dastacha chiqadi. Dastacha traxeya devorini 
    to’rtdan bir aylanasiga boradigan va 60-80° burchak ostida bukilgan va 
    ichkariga kiruvchi dastacha dastagini hosil qiladi.

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. A — ipak qurti tanasidagi bug‘imlarga nisbatan bel

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish