Traxeyalarning joylashishi va tuzilishi. Asosiy traxeya nayining o’qi
qurt tanasida uzunasiga parallel holda ikki tomonida ko’ndalang joylashgan
qorin traxeyalariga tutashgan bo’ladi, birinchi ko’krak va oxirgi qorin
bo’g’imlarida ham bog’lovchi ko’ndalang traxeyalar bor. Traxeyalar o’z
navbatida orqa muskullariga boruvchi traxeyaning orqa qismiga, ichakka va bel
naychasiga boruvchi ichak traxeyasiga, nerv zanjiri va qorin tomondagi
muskullarga boruvchi qorin traxeyalariga bo’linadi.
32
13-rasm. Ipak qurtining nafas olish sistemasi A – tut ipak qurtining
traxeya sistemasi; 1-9 – nafas olish teshiklari; B – traxeyaning tuzilishi; 1-
tashqi epiteliya pardasi, 2 – ichki speral qatlami; V – nafas olish organining
bekituvchi apparati; 1- ochuvchi muskullari, 2- bekituvchi dastaning yelkasi, 3-
bekituvchi muskul, 4- dastlabki bekituvchi yoy, 5- bekituvchi dasta.
Ipak qurtining nerv sistemasi - hayvon organizmining hamma faoliyatini
boshqarib turadi, sezgi organlarini boshqa organlar bilan tutashtiruvchi zveno
hisoblanadi. Sezgi organlari tashqi muhitdan qabul qilinayotgan axborotlar nerv
markazlarida qayta ishlanib, ichki fiziologik holatiga qarab, kerakli javob
qaytariladi.
Hasharotlarning nerv sistemasi barcha bo’g’imoyoqlilarga xos qorin
zanjiri
tipida
tuzilgan
bo’lib,
ular
asosan
uchta:
mark a z i y ,
p e r i f e r i k ( a t r o f ) v a s i m p a t i k nerv sistemalaridan iborat.
Nerv sistemasini nerv hujayralari - n e y r o n l a r tashkil etib, bulardan nerv
to’qimalari hosil bo’ladi.
Nerv hujayrasidan ikki hil o’simta chiqib, biri to’g’ri va ko’pincha juda
uzun bo’lgan n e y r i t l a r , ikkinchisi kalta, daraxtga o’xshab shoxlanib ketgan
d e n d r i t l a r d i r . Hap bir nerv xujayrasidan bitta neyrit va bir nechta dendrit
33
chiqadi. Bu o’simtalar nerv qo’zg’alishlarni o’tkazish va boshqa organlarni
nervlari bilan tutashtirish funksiyasini bajaradi. Bir guruh nerv hujayralari va
bir nechta kalta o’simtalar nerv zanjiri yoki gangliy (tugun) hosil qiladi.
Hasharotlarning (tut ipak qurtining ham) markaziy nerv sistemasi tananing
qorin tomonida joylashgan nerv zanjirchasi tipida tuzilgan va nerv tugunchalari
hamda ulardan tomirlangan nervlardan iborat. Nerv tugunchalari - gangliylar
o’zaro uzunasiga - k o n n e k t i v
v a
ko’ndalangiga-k o m i s s u r a
tutashtirgichlar bilan bog’langan.
Ipak qurtining gangliylari, hamma hasharotlardagi kabi ikki qism: b o s h
v a q o r i n gangliylariga bo’linadi. Qurtning bosh qismida ikki juft nerv tuguni
bo’lib, birinchisi tomoq osti tuguni, bu qorin nerv zanjirining birinchi jufti
hisoblanadi. Ikkinchi jufti tomoqning ustida joylashgan bo’lib, tomoq ycti nerv
tuguni deyiladi. Bu ikki juft nerv tuguni tomoqni aylanib o’tadigan
kommissuralar orqali o’zaro tutashgan. Ikki juft nerv tugunini birlashtirib tomoq
oldi nerv halqasini hosil qiladigan bu komissuralardan tashqari, tomoq usti
tugunlarii birlashtiradigan, lekin asosiy nerv halqasidan birmuncha orqaroqda
tomoq ostidan o’tadigan komissura ham bor. Bu komissura orqa nerv tomoq oldi
xalqasi deb ataladi.
Tomoq usti nerv tuguni ipak qurtining bosh miyasi vazifasini bajaradi. U
oliy nerv markazi hisoblanib, ipak qurti tanasidagi asosiy sezgi organlari va
boshqa barcha nerv hosilalari bilan aloqada bo’lib, hasharotning butun hatti-
harakatini boshqarib turadi.
Q o r i n g a n g l i y l a r i , qorinning oxirgi ikkita bo’g’imidan tashqari
hamma bo’g’imida bir juftdan joylashgan bo’lib, har bir juftning gangliysi
bo’g’im ichi nerv paylari komissuralar bilan, har bir juft nerv tuguni qo’shni
bo’g’imlarda joylashgan xuddi shunday boshqa nerv tuguni bilan bo’g’imlar
orasidagi paylar-konnektivlar orqali bog’langan.
P e r i f e r i k ( a t r o f ) nerv sistemasi teri qoplami ostida joylashgan va
o’zining juda mayda o’simtalari bilan organlarigacha yetib boradigan nerv
hujayralaridan tuzilgan bo’lib, qorin nerv zanjiri bilan bog’langan. Bu
34
hujayralar boshqa o’simtalar yordamida qorin nerv tugunlari yoki tomoq
gangliylari bilan bog’langan.
S i m p a t i k n ye r v s i s t ye m a s i ichki organ muskullari (ovqat
hazm qilish, qon aylanish, bel naychasi, nafas olish teshiklari, ichki sekresiya
organlari) faoliyatini boshqaradi. Markaziy nerv sistemasi bilan aloqada
bo’lgani tufayli simpatik nerv sistemasi tashqi muhitning o’zgarishiga qarab
yuqoridagi organlar ishini ma’lum chegarada o’zgartiradi.
|