48
Inkubatoriya xonalarini isitish uchun g’ishtdan qilingan har qanday
pechkadan foydalanish mumkin, biroq pechka
juda tez qizib ketadigan va,
aksincha, birpasda sovib qoladigan bo’lmasligi kerak, chunki bunday hollarda
xonaning harorati tez-tez o’zgarib, urug’ yoki jonlangan qurtlarga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Inkubatoriya uchun mo’ljallangan va g’ishtdan qilinadigan maxsus
pechkaning umumiy ko’rinishi 9-rasmda ko’rsatilgan.
Bunday pechkaning
balandligi 160sm, uzunligi 125 sm va eni 50 sm bo’ladi. g’ishtdan yasaladigan bu
pechkaning dud (tutun) chiqadigan yo’li bir necha burilishli bo’ladi (pechkaning
ko’ndalang qirqimi va uning sxemasi 10-11-rasmlarda berilgan). Pechkani
qurganda uning isitadigan yuzasi (devorchasi) qurt urug’i ochiriladigan xonaga,
og’zi esa dahliz, qo’shni xona yoki ayvonga qaratilishi lozim.
Inkubatoriyaga elektr pechka o’rnatsa ham bo’ladi. Elektr pechka o’tin
yoqiladigan pechkadan
shu jihatdan yaxshiki, unda avtotermoregulyatordan
foydalanish mumkin. Avtotermoregulyator xonadagi harorat keragidan pasayganda
elektr pechkani avtomatik ravishda tok tarmog’iga ulaydigan (ishga soladigan) va
harorat zarur darajadan oshib ketganda pechkani tarmoqdan uzadigan kichkina
moslamadir. Xona elektr pechka yordamida isitilganda
havoning haroratigina
emas, balki namlik darajasini ham avtomatik ravishda tartibga solib turish mumkin
bo’ladi.
Inkubatoriyani tashkil qilishda urug’ni jonlantirish uchun va jonlangan
qurtlarni tarqatish uchun zarur bo’ladigan anjom, asbob-uskunalar,
xonani ozoda
tutishga yordam beradigan mayda inventarlar va kerakli jihozlar bilan ta’minlash
lozim. Jumhuriyatimiz xo’jaliklarida inkubatoriyalar ko’pincha 100-150 quti
urug’ni jonlantirishga mo’ljallanishi uchun bitta shunday inkubatoriyaga qanday va
qancha asbob-uskuna va inventarlar kerak bo’lishi 3-jadvalda keltirilgan.
100-150 quti urug’ jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bo’ladigan asbob-
uskunalar, kerakli materiallar va inventarlarni ro’yxati.