65
Respublikamizda pilla yetishtirish mavsumi bahor oylariga to’g’ri keladi.
Baxorgi qurt boqish mavsumini muvaffakiyatli o’tkazish uchun tayyorgarlik
ishlarini fevral - mart oylaridan boshlash kerak.
Jamoa
xo’jaliklarida qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ishlari
qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:
qurt
boqish kalendarini tuzish; qurtxonalar uchun yarokli binolarni tanlash
va ularni ta’mirlash; kerakli asbob-anjomlarni taxt qilib qo’yish;
qurt boquvchi zvenolarni tashkil etish; qurt boquvchilar
bilan shartnomalar
tuzish;
qurt boqiladigan xonalarni va asbob-anjomlarni dezinfeksiya qilish
(zararsizlantirish). tutzorlar va yakka qatorlab ekilgan tutlarni parvarish qilish.
1. Qurt boqishda ishlatiladigan asbob-anjomlar va qurtxonalarni
dezinfeksiya qilish.
Ipakchilikda dezinfeksiya ipak qurti kasalliklariga
qarshi kurashda asosiy
vosita hisoblanadi. Ipak qurti kasalliklarini ko’zgatuvchi patogen mikroblar
dezinfeksiya yordamida zararsizlantiriladi.
Dezinfeksiyani issiq xavo,
issiq suv, issiq bug’, kimyoviy usul bilan
dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar orasida xloramin va kalsiy
gipoxlorid nisbatan keng qo’llaniladi. Pillachilik obyektlari
esa asosan formalin
bilan dezinfeksiya kilinadi.
Inkubatoriya va qurtxonalar, odatda 4% formalin eritmasi bilan dezinfeksiya
kilinadi, 4% li dezinfeksiyalovchi eritmani tayyorlash uchun qo’shiladigan suv
miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
S =
X -
4 %
4 %
bunda S-4% li formalin eritmasini tayyorlash uchun qo’shiladigan suv
miqdori;
x - zavoddan keltirilgan formalinning pasportidagi konsentrasiyasi.