20-rasm. Harorat va namlikni o’lchaydigan asboblar.
Ipakchilik sanoat asosiga ko’chirilgan joylarda monvoltin (bir yilda bir
marta nasl beradigan) zotlar va ulardan bo’lgan duragaylarning urug’lari ikki
usulda jonlantiriladi. Ha r o r a t n i a s t a - sek i n o s h i r i b b o r i sh yo’li
bilan urug’ni jonlantirish; h a r o r a t n i o’ z g a r t i r m a s d a n , ya’ni d o i
m i y (muayyan) darajada saqlash yo’li bilan urug’ni jonlantirish.
Qurt urug’ini jonlantirishning ikkinchi usuli qo’llanilganda inkubasiya
muddati birinchi usuldagiga nisbatan 3-5 ga qisqaradi.
H a r o r a t n i a s t a-sek i n o s h i r i b b o r i s h u s u l i bahor sovuq kelgan
yillarda, ob-havo bir xil bo’lmagan va bahorgi qattiq sovuqlar bo’lishi yoki
ertalablari sovuq bo’lishi kutilgan hollarda qo’llaniladi. Bu usul quyidagicha
bajariladi; xonadagi havo harorati har kuni 1 — 2°S ga oshirib boriladi. Harorat
24
0
S ga yetgach boshqa ko’tarilmaydi va urug’dan xabarchi qurtlar chiqqunga
qadar saqlanadi. Urug’dan xabarchi qurtlar chiqa boshlagach, harorat yana 1°S
60
ga ko’tariladi (25
0
S ga yetkaziladi) va qurtlarning hammasi chiqib bo’lguncha
shunday saqlab turiladi.
H a r o r a t n i o ’ z g a r t i r m a s d a n , y a ’ n i doimiy d a r a j a d a
saqlash y o ’ l i bilan jonlantirish (quyidagi hollarda qo’llaniladi:
a)
urug’ni inkubasiya qilish davrini qisqartirish zarur bo’lganda, ya’ni
qurt boqishni tezroq boshlash zarur bo’lib qolgan taqdirda. Misol uchun urug’ni
inkubasiyaga qo’yish muddati kechikkan bo’lsa, shunday usuldan foydalaniladi;
b)
urug’ zavodlarining nasl olinadigan nohiyalarida bitta zotning urug’i
bir inkubatoriyaga bir necha muddatda qo’yilishi kerak bo’lib qolgan hollarda;
v)
urug’ inkubasiyaga qo’yilishidan oldin havo harorati 14°S dan
yuqori haroratli joyda saqlanganligi ma’lum bo’lgan hollarda ham foydalaniladi.
Urug’ni o’zgarmaydigan ya’ni doimiy bir xil haroratda jonlantirish
birmuncha shartli tushunchadir, chunki bu usul qo’llanilganda dastlabki
kunlari havoning harorati keyingi kunlardagiga nisbatan birmuncha pastroq
bo’lishi kerak.
Ikkinchi usulda urug’ni inkubasiya qilishda ypyg’ inkubatoriyaga
qo’yilgandan keyin dastlabki 2 — 3 kun davomida havoning harorati 13 —
14°S darajada saqlanadi, keyin esa bir kun davomida harorat 24°S ga
yetkaziladi va urug’dan dastlabki (xabarchi) qurtlar chiqara boshlaguncha shu
harorat saqlab turiladi. Xabarchi qurtlar paydo bo’lishi bilanoq havoning harorati
bir darajaga kutariladi, ya’ni 25°S ga yetkaziladi va Urug’lar jonlanib
bo’lguncha shu darajada caqlab turiladi. Ikkinchi usulda inkubasiya qilish 10-12
kun davom etadi.
Urug’ni o’zgartirmasdan (doimiy) haroratda inkubasiya qilish usulining
salbiy tomonlari ham bor. Masalan, havo harorati birdan pasayib ketganda yoki
ertalabki sovuqlar tushib
QOLGAN H
ollarda tut bargining rivojlanishi
vaqtincha to’xtaydi, ammo urug’ning tez rivojlanishini to’xtatib bo’lmaydi.
Inkubatoriya haroratini belgilangandan pasaytirish esa yuqorida o’tganimizdek,
tut ipak qurtining hayot faoliyatiga va hosiliga ta’sir etadi. Bundan tashqari,
inkubasiyaning bu usuli inkubatoriya favqulodda qattiq qizib oqibatida urug’lar
61
quriy boshlaydi, natijada urug’dan qurt chiqish miqdori (soni) kamayadi,
jonlangan qurtlar esa nimjon va kasallikka tez chalinuvchan bo’ladi.
Ba’zi yillari ko’klamda bo’ladigan qora sovuqlar tut daraxtining o’sishini
kechiktaradi va urug’dan qurt jonlangan vaqtda tut bargi yozilib ulgo’rmaydi
yoki yozilgan bargni sovuq o’rgan bo’ladi. Bunday hollarda urug’da embrion
rivojlanishini vaqtincha to’xtatishni taqozo etadi. Buning uchun inkubasiyani
ke-chiktirishning maxsus usuli qo’llaniladi; bu usul quyidagicha bajariladi.
Urug’ni jonlantirish uchun inkubasiyaga qo’yilgach, rangi oqargunga qadar
inkubatoriyada saqlanadi, keyin u inkubatoriyadan olinib sovuq xonaga
(muzlatgichga) solib qo’yiladi va u yerda +2 — +4°S haroratda 10 kun (ayrim
hollarda zarur bo’lsa 15— 18 kungacha) saqlanadi va tut daraxtining yangi
kurtak yozishi kutiladi. Tutlar yangi barg chiqarishi bilan urug’lar sovuqxonadan
olinadi va mo’tadil sharoitda (+24
o
S) inkubasiya qilish davom ettiriladi.
Natijada bir-ikki kundan keyin ulardan qurtlar chiqa boshlaydi.
N.Axmedovning 1978— 1997 yillarda "Urug’ni inkubasiya qilish davrida
embrion (murtak) rivojlanishini vaqtinchalik kechiktirilishini qurtning
jonlanish miqdoriga va uni yashovchanligiga ta’siri yuzasidan olib borgan
ilmiy ishlarining natijasi shuni ko’rsatdiki, urug’ni inkubasiya qilayotgan
davrda uning qaytadan sovuq xonaga qo’yilishi (sovuq xonada necha kun
saqlanishidan qatiy nazar) urug’dan qurtlar chiqish miqdoriga va, ayniqsa,
jonlangan qurtlarning yashovchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uzoq yillar
davomida o’tkazilgan ilmiy ko’zatishlar shundan dalolat beradiki, o’zgarmas
(doimiy) harorat usuli bilan inkubasiya qilinayotgan urug’larni vaqtincha
sovuqxonaga qaytadan qo’yilish muddati qanchalik ko’p bo’lsa, urug’dan
qurtlar chiqishi va uning yashovchanligi shunchalik pasayib boradi.
Urug’ni inkubasiya qilish davrida xonadagi havoning haroratiga e’tibor
berib, uni nazorat qilib turish kerak. Chunki, haroratning me’yoridan ortib ketishi
yoki pasayishi embrion rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun
ham inkubatoriyadagi pechkalarni yoqish tartib-qoidalariga rioya qilish,
62
xonadagi issiqlikning mo’tadil bo’lishini ta’minlash inkubistlarning, muhim
vazifalaridan biridir.
Inkubatoriyada urug’ni jonlantirish davrida xonadagi harorati bir qatorda
havoning nisbiy namligi ham muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham
inkubasiya vaqtida havoning namlik darajasini diqqat bilan ko’zatib borish
zarur.
Inkubatoriya havoning namlik darajasi urug’dan namlik bug’lanishini
tartibga soluvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Xonadagi havoning namlik
darajasi juda past (havo quruq) bo’lgan hollarda urug’dagi nam kuchli
bug’lanib, natijada jonlanayotgan urug’ning ma’lum qismi nobud bo’lishi
mumkin. Buning ustiga, havo namlik darajasining pastligi natijasida inkubasiya
qilinayotgan urug’lardan qurt jonlanib chiqishi 3 kun o’rniga 6- 7 kunga
cho’zilib ketadi va tuxumdan qurtlarning qiyg’os chiqmasligiga sabab bo’ladi.
Inkubatoriyadagi havoning nisbiy namligi ortiqcha bo’lgan takdirda
urug’lar bir tekis jonlana boshlashi mumkin, biroz jonlangan qurtlar nimjon,
kasallikka tez chalinadigan bo’ladi. Sermahsul oq pilla o’raydigan zot va
duragaylardan olingan qurt urug’ini inkubatoriya qilish uchun havoning nisbiy
namligi 75% dan past va 80% dan yuqori bo’lmasligi ilmiy hamda amaliy
jihatdan aniqlangan.
Tut ipak qurti urug’ini inkubasiya qilishda embrionning meyorda
rivojlanishi uchun kunduzgi yorug’lik yetarli hisoblanadi. Shuning uchun
monovoltin zotlari va ularning duragaylaridan olingan urug’larni sanoat
sharoitida jonlantirish vaqtida inkubatoriya xonalarining yoritilish darajasi, ya’ni
yorug’lik rejimi odatdagi turar-joy binolarining yorug’ligidan farq qilmaydi,
boshqacha qilib aytganda urug’ inkubasiya qilinayotgan xona kunduzi yorug’,
tunda esa qorong’i bo’ladi.
Inkubatoriyaga quyosh nuri o’rtamiyona sochilib tushsa, urug’lar yaxshi
rivojlanadi, quyosh yoritishi bilan birga isitadi va bakteriyalarni o’ldiradi.
Tapqoq tushgan yorug’ ham bakteriyalarning rivojlanishini to’xtatib qo’yadi.
63
Inkubasiya davrida urug’lar o’zidan karbonat angidrid gazi ajratadi.
Natijada urug’ jonlantirilayotgan xonada karbonat angidrid gazi to’planib,
urug’da embrionning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ham
inkubatoriya havosini o’z vaqtida almashtirish, ya’ni shamollatib turish zarur.
|