53
Urug’ jonlantiriladigan qog’oz qutichalarning o’lchamlari
3-jadval
Qutichada
jonlantirila
digan
urug’ni
miqdori, g
Quti
yasaladigan
qog’ozning
kattaligi,
sm
Quticha
devorining
balandligi,
sm
Qutichanin
g kattaligi,
sm
Urug’
jonlanishi
uchun zarur
bo’lgan
maydon, sm
2
Quticha
ichidagi
umumiy
maydon,
sm
2
Bo’yi Eni
Bo’yi Eni
10 g
32
18
3
20
12
180
240
29 g (1 quti)
41
28
3
29
22
520
638
58 g (2 quti)
58
32
3
46
26
1044
1196
Urug’dan chiqqan qurtlar vaqtincha qo’yilgan s’yomniklar
yordamida
ko’tarib olinib, boshqa qutichalarga solinadi. Bu qutichalar ham urug’ni
jonlantirish uchun foydalangan qutichalar tartibida yasaladi, lekin bu qutichalarga
qurtlar urug’larga nisbatan 5-6 barobar kamroq miqdorda solinadi. Shunga
qaramasdan 10g massada jonlangan qurtlarni soladigan qutichaning kattaligi va
undagi umumiy maydon 10 g urug’ turadigan qutichadan kattaroq bo’ladi.
quyidagi 5-jadvalda qutining o’lchamlari berilgan.
Urug’ni inkubasiya qilishda ma’lum vaqt o’tgach (odatda 9-10 kunlari) qurt
jonlana boshlaydi. Shu jonlanayotgan qurtlarni quticha ichidagi urug’lardan ajratib
olish uchun maxsus teshikchalari bo’lgan qog’oz yoki tyuldan-s’yomniklardan
foydalaniladi. S’yomniklar 2xil bo’ladi.
1. Tyuldan (to’t matodan) yasalgan doimiy s’yomnik.
2. Yupqa qog’ozdan yasalgan vaqtinchalik s’yomnik.
Tyuldan yasalgan s’yomniklarni
doimiy deb atalishiga sabab, ular urug’
jonlanishidan oldin quticha ichiga quyilgan bo’lib, urug’dan qurtlar chiqib
bo’lgunicha saqlanib turadi. Odatda, to’r qog’ozlar inkubatoriyaga katta
o’lchamdagi ilmateshik taxta qog’ozlar holida keltiriladi.
54
Yupqa qog’ozdan yasalgan s’yomniklarni
vaqtinchalik deyilishiga sabab,
urug’dan dastlab jonlangan xabarchi qurtlarni olib tashlash va boqish
uchun
mo’ljallangan keyingi qurtlarni ko’tarib olish maqsadida ishlatiladi. qutichadagi
urug’lardan jonlangan qurtlar vaqtinchalik s’yomniklar yordamida ko’tarib
olingach, quticha ichiga yana boshqa vaqtinchalik s’yomnik qo’yiladi.
S’yomniklar teshikchalarining diametri 2-4 mm li qilib urug’
zavodlarida
tayyorlanadi. Inkubatoriyada urug’ni jonlantirish uchun har bir qutichaga o’rtacha
2-5 donadan to’g’ri keladigan qilib s’yomniklar keltirilib, quticha ichi kattaligiga
to’g’ri keladigan qilib kesib tayyorlanadi.
Tut ipak qurti kasalliklarini davolash usullari deyarli bo’lmaganligi uchun
ularga qarshi kurashish choralari asosan profilaktika va sanitariya tadbirlarini o’z
ichiga oladi.
Ko’klamda urug’ni jonlantirish davrida o’tkaziladigan profilaktika
tadbirlariga inkubatoriya uchun ajratilgan binoni va inkubasiya uchun zarur
bo’ladigan
asbob-uskuna va jihozlar, inventarlar, anjom va materiallarni
dezinfeksiya qilish ishlari kiradi. Bu tadbir urug’lardan sog’lom qurtlar chiqishini
ta’minlaydi. Dezinfeksiya ishlari alohida ahamiyatga ega bo’lib,
sanitariya-
profilaktika tadbirlarining asosi hisoblanadi.
Ma’lumki, dezinfeksiya turli kasalliklarni yo’qotishga yoki ularning oldini
olishga qaratilgan tadbirlar kompleksidan iborat. Shunga yarasha, dezinfeksiya ikki
xil bo’ladi:
1. Kasallik o’chog’i (manbai) ni dezinfeksiya qilish.
2. Kasallik tarqatilishi oldini olish maqsadida dezinfeksiya qilish.
Kasallik o’chog’ini dezinfeksiya qilishdan ko’zlangan maqsad – yuqumli
kasallikni va uni tarqatuvchi mikroorganizmlarni yo’qotish;
profilaktik
dezinfeksiyadan maqsad – kasallikning oldini olish va uni jonlanayotgan sog’lom
qurtlarg tarqalishiga yo’l qo’ymaslik.