57
IPAK QURTI URUG’INI JONLANTIRISH USULLARI
Mashg’ulotning maqsadi: Inkubatoriyada olib boriladigan ishlarning eng
mas’uliyatlilaridan bittasi urug’ni jonlantirish (inkubasiya qilish) tartibi va
usullarini bilish hamda uni amalda to’g’ri bajarishni o’rganish.
Topshiriqlar:
1.Inkubatoriyada jonlantirish usullari bilan tanishish.
2.Urug’ni tabiiy va sun’iy issiqlik ta’sirida jonlanishini kuzatish.
3.Urug’ to’kilgan qutichaning chetiga yozilgan ma’lumotlar qanday tartibda
bo’lishini o’rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Tabiiy va sun’iy inkubasiya chizmasi va
jadvali, ipak qurti urug’i namunalar, mavzuga oid jadvallar, pechka, elektr
energiyasi, batareya, namlikni o’lchaydigan termometr, inkubasiya varaqasi,
qog’oz quticha.