71
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ipakchilik sohasida ishlayotgan olimlarning tajribasiga
asosan ipak qurtini boqishga tayyorlangan qurtxonalarda havo tarkibidagi O -
20.3%, N-79,73%, SO
2
-0,14% ga teng bo’ldi.
Bu raqamlar havosi toza
xonalardagi ko’rsatkichlarga to’g’ri keladi. Qurtxonaga qurtlar kiritilgach bu
raqamlar o’zgarib kislorod miqdori kamayib, SO
2
miqdori ko’payib boradi.
Masalan, 1 kg og’irlikdagi qurtlar 1 soatda 0,85 – 0,90 g SO
2
chiqaradi, 1 g
tuxumdan jonlangan qurtlar soni 2500 donaga teng bo’ladi. O’rtacha 2250 donaga
teng. Shuni hisobga olgan holda bir quti o’rtacha 43 ming dona qurt bo’ladi. 5
yoshida 1 dona qurt 5-6 g keladi. Buni 5 yoshda 40 ming qoldi desak, 1 quti qurt
200-240 kg bo’ladi. Shundan 1 sutkada bu qurtlar 4500 g SO
2
chiqaradi. Agar
metrga aylantirilsa 1 metr 2 gr atrofida bo’ladi. Boshqada
qilib aytganda bir quti
qurt sutkada 2250 l SO
2
ajratadi. Bu raqamlar shuni ko’rsatadiki, ipak qurtlari
tinmasdan O
2
ni qabul qilib tanasidan juda ko’plab SO
2
chiqaradi. Ayniqsa
oziqlanayotgan qurtlarni SO
2
ni ko’plab chiqarishi aniqlangan.
Agar qurtxonaga kirib chiquvchi odamlarning ham nafas olishi e’tiborga
olinsa SO
2
miqdori yana ortadi. Bir soatda bitta odam uchun 500
l havo zarur
bo’ladi. Bir sutkada esa 12m
3
, bundan tashqari qurtlar ajratgan suv bug’larini ham
e’tiborga olsa qurtxona havosini tarkibi yanada buzilib, uni tez-tez almashtirib
turishni taqozo etadi.