75
boradi, chunki moddalar almashinuvi zo’rayishi sababli hosil bo’lgan uglekislota
nafas teshiklarini tez-tez ochilib turishga majbur qiladi. Natijada kekirdakning
havo alishtirishi tezlashib, namlikning bug’lanishi kuchayadi. Hasharotlarda
namlikni teri orqali chikarish hodisasi juda sekin kechadi, bu hodisa muayyan
miqdor namlikka ega bo’lgan havoning muayyan daraja haroratda teriga ta’sir
etishi sababli yuz beradi. Suvning bug’lanishi natijasida hasharotning tanasi bir
necha gradusgacha sovishi mumkin, ba’zan, ayniqsa tashqi havodagi namlik kam
bo’lganida, bunday sovish atrofdagi havo haroratidan ham pastrok bo’lishi
mumkin. Havo sernam bo’lganida ham hasharot tanasidagi suvning eng ko’p qismi
bug’lanish yo’li bilan yo’koladi. Mayda hasharotlarda namlikni uzoq vaqt
yo’kotish, katta hasharotlardagiga qaraganda, xavfliroqdir.