• 24-rasm. Harorat va namlikni o’lchaydigan asbob, Avgust psixrometri.
  • Hasharotlar namlikning ta’sirini oziq-ovqatdagi namlikdan foydalanish




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Hasharotlar namlikning ta’sirini oziq-ovqatdagi namlikdan foydalanish 
    yo’li bilan tartibga solib turadilar. Masalan, atigi tut bargi bilangina 
    ovqatlanadigan ipak qurti namlikka bo’lgan ehtiyojini o’zi yegan barg 
    miqdori bilan qoplaydi. Xavo quruq bo’lgan taqdirda tut bargidagi suv 
    miqdori qurtga yetmasdan qolishi mumkin. Bu holda ipak qurtining suvga 
    bo’lgan ehtiyoji oshadi. Issiq kunlarda qurtlar suvni ishtaha bilan ichadilar, 
    agar qurt boqilayotgan so’riga suv quyilsa, ular suvga qarab o’rmalay 
    boshlaydilar.
    3
     
    Namlikning yetishmasligi qurtning rivojlanishini to’xtatib qo’yishi mumkin, 
    buning aksincha, yoz faslida qurtlarni ho’llangan bargbilan boqish ularning yaxshi 
    rivojlanishiga yordam beradi. Namlik ortiqcha bo’lganida bargdagi suv kamroq 
    bug’lanadi, suvning shimilish koeffisiyenti kamayadi. Havo ortiqcha qurib 
    ketganida hasharot organizmi bu hodisaga boshqacha moslashib oladi. Bunday 
    moslanish oksidlanish jarayonlari tufayli yuz beradi. 
    Ipak qurtini boqish uchun havoning optimal namligi nisbiy namlikning 65-
    75% miqdorida bo’lishi kerak. Namlik bundan oshib ketsa, qurtlar ko’plab o’la 
    boshlaydi. Namlik bundan kam bo’lgan taqdirda qurtlar bargni kam yeydi, ularning 
    rivojlanishi sekinlashadi va o’ragan pillalari ancha kichkina bo’ladi. 
    3
    3
    . Dr.Bharat B Bindroo Dr. Satish Verma Sericulture Technologies Developed by CSRTI MAYSORE. 2008


    76 
    24-rasm. Harorat va namlikni o’lchaydigan asbob, Avgust psixrometri. 
     
    Katta yoshlardagi qurtlar uchun nisbiy namlik 60-70 foiz doirasida bo’lishi 
    ma’qul ko’riladi, ammo kichik yoshlardagi qurtlarni boqishda nisbiy namlik 75 
    foizdan oshmasligi lozim. 
    Havosi juda quruq bo’lgan O’rta Osiyo sharoitida ipak qurti organizmiga 
    namlikning ta’siri to’g’risidagi masala juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Ana 
    shuni nazarda tutib, bu masalani yaxshi o’rganib olish lozim. 
    Tut bargi ipak qurti organizmida tamoman qayta ishlab chiqariladigan tashqi 
    muhit elementidir. Shu bilan birga, tut bargi tufayli qurt organizmi tashqi muhit 
    sharoitining ta’siriga moslashib rivojlanadi. Ipak qurti - qurtlik davrida yolg’iz tut 
    bargi bilangina oziqlanadi, Tut bargida ipak qurtining hamma taraqqiyot davrlari 
    uchun zarur moddalar bor.
    Tut bargining ximik tarkibi ancha o’zgarib turganligidan, uning qurtni to’k 
    tutish xususiyati hamisha bir xilda bo’lavermaydi. Tut daraxti iqlim va tuprok 
    sharoitlariga, shuningdek o’zining yosh va turiga karab o’zgarishdan tashkari, 
    odam tomonidan qilinadigan xilma-xil agrotexnika tadbirlarning ta’siri bilan ham 
    o’zgaradi. Bu tadbirlar jumlasiga daraxtlarni ekish – o’tqazish, parvarish kilish, 
    daraxt turlarini tanlash va duragaylash usullari hamda seleksiya ishlari kiradi. 
    Bargda yetishmagan ba’zi bir moddalarni ipak kurti baggni ko’p mik-dorda 
    yeyish yo’li bilan to’lgazib turadi.
    Tut bargi kurt organizmi uchun energetik manba bo’libgina qolmay, balki 
    uning o’sib rivojlanipshni ham tartibga solib turadi. Qurtning o’sish tezligi unga 


    77 
    berilgan bargning to’q tutish darajasiga ham birmuncha bog’liq bo’ladi. 
    NatijadaUmuman olganda ipak kurti o’zining zotiga qarab ma’lum hajmgacha 
    o’sishga urinadi. Ammo, qurtning zotiga va tut bargining ximik tarkibiga 
    karamasdan, 1 kilogramm tirik pilla olish uchun saralanadigan oziq moddaning 
    miqdori taxminan birday bo’ladi. Bu narsa maxsus tekpshrish natijalari bilan 
    aniklandi. 
    Tut bargi qurtning yashash sharoitiga moslanishi uchun zarur vositalardan biri 
    bo’lganligi sababli, uning tana harakatidagi almashinishlarga sarflanadigan oziq 
    moddalar miqdori bilan energetik material hosil qilishda sarflanadigan ozik 
    moddalar miqdori o’rtasida ma’lum daraja fark bo’ladi, yani bu miqdorlar bir-
    biriga to’g’ri kelmaydi. Qurt tanasidagi suvning almashinuvi ham shunga bog’lik 
    bo’ladi. 
    Odamlar ipak qurtini xonakilashtirib, uning yashash sharoitini o’zgartirgan 
    bo’lsalar ham, barg sifatiga nisbatan o’zgarib turgan talablarini haligacha to’la-
    to’kis qondirilgan emaslar. Masalan, qurtxonadagi harorat va havoning nisbiy 
    namligi bir xilda bo’lgan yozgi va kuzgi davrlarda qurt boqish muddati bahorgiga 
    qaraganda birmuncha sekinlashadi. Bu axvol bargning to’q tutish va hazm qilinish 
    darajalari pasayishi natijasida qurt tanasidagi turli jarayonlarning o’zaro moslanishi 
    sekinlashuvi sababli yuz beradi. Shuning uchun, yozgi takroriy kurt boqishda 
    optimal harorat bahorgi qurt bokishdagidan ko’ra pastrok bo’ladi. 
    Yoz-kuz mavsumida qurt boqishga belgilangan tutzorlardagi bargning 
    qurtlarga oziq-ovqat bo’lish xususiyatlari yetarli darajada pilla hosili olish 
    imkoniyatini beradi. Lekin bu bargning sifati bahorgi bargnikidan anchagina past 
    bo’lishi miqdor hamda sifat jihatidan bahorgi hosilga baravar pilla hosili olish 
    ishini qiyinlashtiradi. 
    Barg sifati yana kurt boqish texnikasi va sharoitiga qarab ham o’zgaradi. 
    Bularning har ikkalasi barg sifatiga, bargning qurtlar tomonidan yeyilish va hazm 
    qilinish darajasiga ta’sir etadi.


    78 
    Ipak qurtlari tabiiy sharoitda tut novdalaridagi o’sib turgan barglar bilan 
    ovqatlanadilar. Xonakilashtirilgan sharoitda esa ular daraxtdan terib olingan barg 
    bilan boqiladi. 
    Barg, qurtxonadagi havo namligiga, uning bug’lanish qobiliyatiga va bargni 
    terib qurtga berguncha o’tadigan vaqtga qarab, turli darajada eskirib so’liydi. 
    So’ligan bargni qurt kam yeydi, ammo kurt bargni to undagi suv 10-20 foizgacha 
    qolguncha oziqlanadi, so’ngra bunday bargning yeyilishi kamaya boradi. 
    Agar qurtdagi tartibga solish funksiyasi yetishmay qolsa, qurtxona havosining 
    namligini pasaytirish yoki ko’tarish kerak. Ba’zan bargdagi suvning kamayishi 
    uning sifatini pasaytiradi. Yozda takroriy qurt boqish davrida qurtlarning suvga 
    bo’lgan talabi oshuvi sababli, bargni salgina namlab berish va qurtxona namligini 
    ko’tarish qurtlarga anchagina foyda qiladi. 
    Pillakorning vazifasi qurtga zarur bargni yangilab va sal-pal ho’llab 
    ko’yishdangina iborat bo’lmay, balki bargning qurtlarni to’q tutish darajasini 
    o’zgartishdan ham iborat bo’lmog’i kerak. Bunday o’zgartish choralariga qurtni 
    navdor tut bargi uglevod va boshka bir necha hil bio-logik ko’shimchalar bilan 
    boyitilgan barg bilan boqish tadbirlari kiradi. Beriladigach barg miqdoriga kelsak, 
    bu narsa barg berish soniga va kurt boqiladigan sathning katta-kichikligiga qarab 
    hal kilinadi. 
    Beshinchi yoshdagi kurtlar bargli novdalar bilan bokilganida ular-ning har 
    500 tasi uchun I m
    2
    yoki bir kuti urug’dan chikqan kurtlar uchun 70 m
    2
    sath 
    bo’lishi eng muvofik hisoblanadi. Bahoviddinovning ko’rsatishicha, bu norma 
    qat’iy emas, chunki birinchi uch yoshdagi kurtlar ma’lum bir kalinlikda joylanib 
    boqilganda yaxshirok o’sadi, ularni ortikcha siyraklashtirish o’sishkga yomon 
    ta’sir qiladi, beshinchi yoshdagi qurtlarni siyraklashtish chegarasi haligacha 
    aniklangan emas. Bahoviddinov bir kuti urug’dan ochirilgan Bag’dod zot kurtlarni 
    beshinchi yoshida 100 kvadrat metr maydonchada boqib juda yaxshi natijaga 
    erishgan. Lekin uning aytishicha, bu xulosa xali kat’iy emas, chunki bunda 
    biologik tomondan boshqa, iktisodiy tomondan ham alohida tekshirish talab 
    qilinadi. Endi ayrim yoshlardagi qurtlarni joylash qalinligiga kelsak bunda kurt 


    79 
    tanasining joylangan sathi birinchi yosh davrida 5-6 hissa, undak keyingi 
    yotlardagi qurtlarniki esa 2,5 -3,2 hissa kengayadi. Bir kuti urug’dan enditana 
    ochilib chikkan qutichalarni boqish uchun 0,5 kvadrat metr, ya’ni bir kuti urug’ni 
    ochirish vaqtida joylashtirish uchun talab etilgan maydoncha kifoya qiladi. Bundan 
    tashqari, kurtlarni joylashtirish qalinligiga karab ularning ovkatlanish sharoitiham 
    o’zgaradi, chunki bu narsaning profilaktik ahamiyagi ham bor. Birinchidan, 
    boqilayotgan qurtlar ortikcha qalin joylashtirilganida qurt terisining kutikulyar 
    qavati ko’p jarohatlanadi va qurt bokish vaqtida iflosliklar ko’payib, yukumli 
    mikroblar to’plana boshlaydi. Bu nuqtai nazardan yana shuni aytishimiz kerakki, 
    bunday sharoitda kurtlarda barg uchun kurash zo’rayib, kolok kategoriyadagi 
    kurtlar paydo bo’laboshlaydi. Bunday qolok qurttlar yuqumli kasalliklarni ancha 
    tez yuktiruvchan bo’lishlari sababli, yukumli kasalliklarning avj olib ketishini 
    kulaylashtiradi. 
    Biror hasharot turi tarqalgan va ma’lum ekologik sharoiti bilan ta’riflanadigan 
    maydon muayyan turning yashash joyi (stansiya) deb ataladi. 
    Tut ipak qurti qo’lda maxsus binolarda boqilganligi uchun uning yashash joyi 
    qurt boqish maydoni deb ataladi. 
    Boqilayotgan qurtlarning joylanish qalinligi birinchi galda har bir qurtga 
    to’g’ri keladigan barg miqdoriga ta’sir qiladi. Qurt boqish sathi avvalda juda ham 
    kichkina bo’lib, bir quti urug’dan ochirilgan qurtlar 32 m
    2
    maydonchada boqilgan. 
    Alpatov va Bahoviddinovlarning ma’lumotlariga ko’ra, boqish sathining katta-
    kichikligi eng muvofiq mo’tadil bo’lganida qurtlar yaxshi rivojlanadi. 
    Xonakilashtirilgan ipak qurtlarida to’da-to’da bo’lib yashash xissi hali ham 
    yo’qolgan emas. Agar qurtlar yakka-yakka yoki kichik to’dalarga joylanib boqilsa 
    juda bezovtalana boshlaydilar. Shuning uchun ipak qurtlarini sanoat pillalarini 
    yetishtirish yoki naslchilik qurtlarni boqish jarayoniga qarab bir quti qurt uchun 
    ma’lum miqdorda oziqalanish maydoni bo’lishi kerak. 
    O’rta Osiyo va Kavkaz pilla ustalarining qurt boqish sharoitini kuzatish 
    natijalariga ko’ra, avvalda belgilangan qurt boqish sathining normalarini 1,5-2 
    xissa kengaytirish olinadigan pilla hosilini oshirishga bevosita ta’sir etadi. 


    80 
    Beshinchi yoshdagi qurtlar bargli novdalar bilan boqilganda ularning har 500 
    tasi uchun 1 m
    2
    yoki bir quti urug’dan chiqqan qurtlar uchun 70 m
    2
    sath bo’lishi 
    eng muvofiq hisoblanadi. Bahoviddinovning ko’rsatishicha, bu me’yor qat’iy 
    emas, chunki birinchi uch yoshdagi qurtlar ma’lum bir qalinlikda joylanib 
    boqilganda yaxshiroq o’sadi, ularni ortiqcha siyraklashtirish o’sishiga yomon ta’sir 
    qiladi, beshinchi yoshdagi qurtlarni siyraklashtirish chegarasi haligacha aniqlangan 
    emas.
    Bahoviddinov bir quti urug’dan ochirilgan Bag’dod zot qurtlarni beshinchi 
    yoshida 100 m
    2
    maydonchada boqib juda yaxshi natijaga erishgan. Lekin, uning 
    aytishicha, bu xulosa hali qat’iy emas, chunki bunda biologik tomondan boshqa, 
    iqtisodiy tomondan ham alohida tekshirish talab qilinadi. Endi ayrim yoshlardagi 
    qurtlarni joylash qalinligiga kelsak, bunda qurt tanasining joylangan sathi birinchi 
    yosh davrida 5-6 hissa, undan keyingi yoshlardagi qurtlarniki esa 2,5-3,2 xissa 
    kengayadi. Bir quti urug’dan endigina ochilib chiqqan qurtchalarni boqish uchun 
    0,5 kvadrat metr, ya’ni bir quti urug’ni ochirish vaqtida joylashtirish uchun talab 
    etilgan maydoncha kifoya qiladi. Bundan tashqari, qurtlarni joylashtirish 
    qalinligiga qarab ularning ovqatlanish sharoiti ham o’zgaradi, chunki bu narsaning 
    profilaktik ahamiyati ham bor. Birinchidan, boqilayotgan qurtlar ortiqcha qalin 
    joylashtirilganida qurt terisining kutikulyar qavati ko’p jarohatlanadi va qurt 
    boqish vaqtida iflosliklar ko’payib, yuqumli mikroblar to’plana boshlaydi. Bu 
    nuqtai nazardan yana shuni aytishimiz kerakki, bunday sharoitda qurtlarda barg 
    uchun kurash zo’rayib, qoloq kategoriyadagi qurtlar paydo bo’la boshlaydi. 
    Bunday qoloq qurtlar yuqumli kasalliklarni ancha tez yuqtiruvchan bo’lishlari 
    sababli, yuqumli kasalliklarning avj olib ketishini qulaylashtiradi. 
    Qurt boqish maydonining katta-kichikligi ipak qurtining joylanishiga va uning 
    rivojlanishiga ta’sir etadi. qurt boqish maydonining o’lchami qurtning 
    ozuqlanishiga, holatiga va rivojlanishiga ta’siri katta. Maydon o’lchami kichik 
    bo’lsa, har bir qurtga kam ozuqa tushadi, ozuqa qurt axlati bilan ifloslanadi. Qurt 
    tanasidan va g’anadan namlikni bug’lanishi qiyinlashadi, mikroiqlimiga ta’sir etib, 
    kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlar ko’payadi.


    81 
    Qurtlar zich joylashganda bir-biriga halaqit berib, ustilaridan o’rmalab 
    tirnoqlari bilan terisini jarohatlaydi, qonini zararlaydi. O’lishi ko’payadi, pillasi 
    kichiklashadi, sifati va hosili keskin kamayadi. 
    Agarda qurt boqish maydoni juda katta bo’lsa qurtlar siyraklashadi, ishtaxasi 
    yo’qoladi, sekin rivojlanadi. Barg, boqish inventarlar ortiqcha sarflanib iqtisodiy 
    zarar keltiradi. Shuning uchun qurt boqish maydoni yoshlariga qarab me’yorida 
    bo’lishi talab etiladi va ma’lum me’yorlar asosida olib boriladi. 
    O’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatdiki pilla hosili va sifati qurt 
    boqish maydonining kattaligiga bog’liq. 1 quti qurt 50m
    2
    da boqilganda – 50 kg, 
    70m
    2
    da boqilganda 80 kg hosil olingan. 
    Kichik 
    yoshlarida 
    qurt boqish 
    maydonining o’lchami 
    qurtlarning 
    hayotchanligiga, katta yoshlarda – pilla sifatiga ta’sir etadi. Ilg’or pillakorlar qurt 
    boqish maydoni 70-80m
    2
    gacha kengaytirib 80-90 kg gacha pilla hosili olishga 
    erishganlar. 
    Qurt boqish maydonining kattaligi ipak qurtining o’lchamiga, uning egallagan 
    joyiga va 1g yoki bir qutidagi qurtlarning soniga bog’lik /1 jadvalda/ jadvalda har 
    bir yoshning oxirida bir dona qurtning yoshlari bo’yicha tana ko’rsatkichlari va 
    egallagan maydoni ko’rsatilgan. Bir dona qurtning egallagan joyining hajmi, har 
    bir yoshida 3-3,5 barobar kattalashadi. Natijada bir quti qurt 5 yoshda bir joyga 
    to’plansa tahminan 23m
    2
    joyni egallaydi. Lekin normal oziqalanishi va rivojlanishi 
    uchun 3 marta katta joyni egallash taqozo etadi. Agar har qutida 45 ming dona 
    qurt boqilsa, 1m
    2
    satxda 700-750 dona beshinchi yoshdagi qurtlar bo’ladi. 
    Qurtlarning zichligini nazorat qilish uchun 100 sm
    2
    (10 smx10sm) satxdagi 
    to’rtburchak andoza yordamida qurtlar so’kchakning bir necha joyidan sanab 
    ko’riladi. 100 sm
    2
    da, o’rta hisobda 7-8 dona qurt bo’lsa, qurtlarning zichligi 
    maqbul hisoblanadi. O’lchash uchun har bir agronom va agrotexnik yoki 
    mutaxassisning cho’ntagida qattiq qog’oz va kartondan yasalgan (tomonlari 10sm 
    ga teng bo’lgan) kvadrat bo’lishi kerak.
    Ishlab chiqarishda sanoat pillalarini yetishtirish yoki naslli va ilmiy tadqiqot 
    ishlari uchun ipak qurtlarini boqish maydoni kattaligini aniqlashda oziqalanish, 


    82 
    qo’shimcha va umumiy maydon zarurligini e’tiborga olish kerak. Bu 
    maydonlarning har biri o’ziga xos xususiyatga va ta’rifga egadir. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hasharotlar namlikning ta’sirini oziq-ovqatdagi namlikdan foydalanish

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish