85
IPAK QURTLARINI KIChIK VA KATTA YOShLARDA BOQISh
AGROTEXNIKASI
Mashg’ulotning maqsadi: Kichik
va katta yoshdagi qurtlar, pilla o’rash
davridagi agrotexnika qoidalari bilan tanishish, oziq tayyorlash va oziqni saqlash
talablari, pilla o’rashda foydalanadigan dasta turlari
va ularni joylashtirish
sxemasini, navli, navsiz, nuqsonli va qorapachoq pilla namunalarini farqlashni
o’rganish.
Topshiriqlar:
1. Kichik va katta yoshdagi qurtlarni boqish agrotexnikasi bilan tanishish.
2. Qurtlarning po’st tashlash davrini aniqlash va shu davrda bajariladigan
tadbirlarni o’rganish.
3. Qurtlarni pilla o’rash davrida o’ziga xos parvarishlash
xususiyatlarini
o’rganish.
4. Pilla o’rashda foydalanadigan dasta turlarini (tabiiy hamda sun’iy) tayyorlash
va dasta qo’yish usullari hamda qancha dasta zarurligini aniqlash.
Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar, kichik va katta
yoshdagi qurtlarni boqish uchun agrotexnika qoidalari,
qurt boqish maydoni,
qurtlarni oziqlantirish, sarflanadigan barg miqdori,
qurtlik davrining yoshlari
bo’yicha davom etishi kabi jarayonlar aks ettirilgan jadvallar
Asosiy tushunchalar: Kichik yoshdagi qurtlarni parvarish qilish. Ipak
qurtlarini parvarish qilishda har bir yoshi uchun talab etiladigan agrotexnika
koidalariga to’liq rioya qilish talab etiladi.
Ipak qurtlari o’zining 23 - 25 kundan iborat qurtlik davrida pilla o’ragunga
kadar 4 marotaba pust tashlab 5 yoshdan iborat davrni o’tadi. Shundan 1 - 2 - 3
yoshini ipak qurtining
kichik yoshlari, 4 - 5 yoshini esa
katta yoshlari deb ataladi.
Tuxumdan jonlanib chiqqan qurtlar birinchi
yosh hisoblanib, shuni e’tiborga
olgan xolda xonadagi haroratni 27
0
S da, xavo namligini esa 65 - 75% qilib ushlab
turiladi.
86
Qurtlarni agrotexnika qoidalari bo’yicha yaxshi parvarish qilinsa, birinchi
yoshi 3 kun davom etib jami 6 - 7 kilogramm barg sarflanadi. Ularga bir kunda 9-
10 marotaba (shundan ikki marotabasi kechasi) barg beriladi.
Birinchi yoshdagi
qurtlarga juda extiyotkorlik bilan bir tekis barg solinadi.
Birinchi yoshining birinchi kunida bir quti qurt 0,5 m
2
joyda turgan bo’lsa,
yosh oxiriga kelib u 2 m
2
joyni egallashi kerak.
Ikkinchi yoshga o’tgan qurtlar birinchi yoshdagiga o’xshash issiqlik va
yorug’likka talabchan bo’ladi. qurtxonadagi harorat 26 - 27
0
S, havoning nisbiy
namligi 65 - 75 % ni tashqil etishi lozim.
Ikkinchi yoshda qurtlarga butun barg yaproqchasi bilan solinadi. qurtlarning
bu yoshi ham 3 kun davom etadi va jami 17-20 kg barg sarflanadi.
Ularga bir
kunda 8 - 9 marotaba (shundan 2 marotabasi kechkurun) barg beriladi. Ikkinchi
yoshning birinchi kunida qurtlar 3 m
2
joyda turgan bo’lsa, yosh oxiriga kelib 6 m
2
joyni egallashi lozim. 3-yosh oxirida esa 12 - 15 m
2
joyga yoyiladi. Bu yoshda
qurtlar bir marotaba g’analanadi.
Ipak qurtining uchinchi yoshi 3-4 kun davom etib, 60-70 kg barg sarflanadi.
Ularga bir kunda 7-8 marotaba ( shundan kechasi 2 marotaba) barg beriladi.
Uchinchi yoshida qurtxonadagi harorat 26
0
S, havoning nisbiy namligi 65 -
70% bo’ladi. Uchinchi yoshdagi qurtlar bir
sutka davomida uxlab turgach,
to’rtinchi yoshga o’tadi.