• 25-rasm. Sun’iy dastada pilla o’ratish.
  • Tut ipak qurtlarini pilla o’rashga tayyorgarlik ko’rish va dasta




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Tut ipak qurtlarini pilla o’rashga tayyorgarlik ko’rish va dasta 
    turlaridan foydalanish. Bargga tuygan ipak qurtlar beshinchi yoshning 8-9 
    kunlariga kelib oziqlanishdan to’xtaydi va organizmlarini chiqindilardan tozalab, 
    pilla o’rash uchun qulay joy izlay boshlaydi. Ipak qurtlari pilla o’raydigan joy 
    «dasta» deb ataladi. 
    Pilla hosilining sifati to’g’ridan-to’g’ri ishlatiladigan dastaning xili, sifati va 
    miqdoriga bog’liq. Dastalar serob va sifatli bo’lsa, yetishtirilayotgan pillaning navi 
    shuncha yuqori bo’ladi. 
    Ikki xil: tabiiy va sun’iy dasta bo’ladi. Mingbosh, chitir, oqbosh, sariq gulli 
    o’t va boshqa o’tlardan eng yaxshi tabiiy dastalar tayyorlanadi. O’tlardan yasalgan 
    dastalar sershox, mayda bargli bo’lishi kerak. 
    Ipak qurtlari uchinchi yoshga o’tishi bilan dastabop o’tlar urib keltirilib 
    quritiladi va supurgi shaklida bog’lanadi. Dastalarni boylashda oralarining g’ovak 
    bo’lishiga e’tibor berish kerak. Shunday dastalardan bir quti qurtga 250-300 bog’ 
    qo’yiladi. Dasta sifatida g’o’zapoya, terak, tollardan foydalanish mumkin emas. 
    Sun’iy dastalar har xil: donli ekinlar-sholi poyasidan, qog’oz, karton va 
    sintetik materiallardan tayyorlanadi. Sun’iy dastalar ichida eng qulayi poxoldan 
    tayoyrlangan dastalardir. 
    25-rasm. Sun’iy dastada pilla o’ratish. 
     
    Dastlabki yetilgan qurtlar paydo bo’lishi bilan ( qurtlar g’anada bir necha pilla 
    o’ray boshlaganda ) sukchak yoki so’rining uch tomoniga dastalar bir qatordan 


    91 
    qo’yilib, to’rtinchi tomoni yetilmagan qurtlarga barg solish uchun ochiq 
    qoldiriladi. 
    Yetilgan qurtlar soni ko’paya boshlagach, sukchakning kundalangiga 
    qo’shimcha dastalar qo’yiladi va dastaqatorlari orasi 80-100 sm dan bo’ladi. 
    O’tlardan tayyorlangan dastalarning keng tomoni yuqoriga qaratib tik o’rnatiladi, 
    bandi g’anaga biriktiriladi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tut ipak qurtlarini pilla o’rashga tayyorgarlik ko’rish va dasta

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish