95
PILLALARNI TERISh, TOPShIRISh VA NAVLARGA AJRATISh
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni navli, navsiz va nuqsonli tirik
pillalarning aralashmasi, tirik pillalarni tashish va saqlashda hamda ko’zdan kechirish
va tortishda ishlatiladigan jihozlar bilan tanishtirish.
Topshiriqlar:
1. Tut
ipak qurti pillasiga qo’yiladigan standart talablarni o’rganish.
2. Topshiriladigan pillalarni standart talabga ko’ra navlarga ajratishni
o’rganish.
3. Pilla g’umbagini o’ldirish va quritish qachon va qaysi joylarda bajarilishi,
pillani saqlash va sanoat korxonalariga topshirish tartibi bilan tanishish.
4. Kuzatilgan obyektning rasmini ish daftariga chizib olish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar
, navli, navsiz va
nuqsonli tirik pillalarning aralashmasi, pilla quritiladigan yashiksimon KSK-4,5 va
Sk-150, K-1, "Yamato" tipidagi quritgichlarning umumiy ko’rinishi tasvirlangan
rangli jadvallar.
Asosiy tushunchalar: Pilla terish vaqtida avvalo dastadagi nobud bo’lgan
qurtlar va po’stidagi qora dog’lari ko’rinib turgan pillalar - qora pachoq pillalar
olib tashlanadi. Dastavval sukchakning pastki qavatlaridagi, keyin o’rta va yuqori
qavatlaridagi pillalar teriladi. Ular yopishgan xas-cho’pdan tozalab. Uch guruhga
bo’linadi: navdor, ya’ni benuqson pillalar, brak pillalar va qora pachoq pillalar.