Pilla o’rash agrotexnikasini pillalarning yetilishiga ta’siri. Pillalarning
biologik va ayniqsa texnologik xossalariga irsiyatdan tashqari, pilla o’rash sharoiti
– harorat, namlik, yorug’lik, shamollatish (aerasiya), dastalarning miqdori va sifati
ham katta ta’sir etadi.
Pilla o’rash vaqtida haroratning o’zgarishi natijasida qurtning pilla qobig’iga
ipak tolalarini o’rash tezligi va xarakteri ham o’zgaradi.
Harorat oshib borgan sari, ipak qurtining harakat tezligi ham ortadi, boshining
tebranish kengligi kattalashadi. Shuning uchun sakkizliklar ham yirikroq hosil
bo’ladi, ipak tolasi esa ingichkalasha boradi. Pilla o’rash vaqtida ipak chiqarish
96
ikki jarayondan iborat bo’ladi: bir tomondan, ipak qurtining tanasi qisilishi ipak
ajratuvchi bezga bosim orqali ta’sir ko’rsatadi, ana shu ta’sir ostida ipak massasi
siquvchi apparat tomon suriladi ikkinchi tomondan, ipak qurti boshining harakati
bilan ipak tolasi ipak chiqaruvchi naychadan sug’urilib chiqadi. Naychaning
uchida hamma vaqt bir tomchi suyuq ipak bo’ladi (bu bir tomchi serisin bo’lsa
kerak), ipak qurti naychasini biror nuqtaga tegizib, ipak tolasi uchini shu joyga
yopishtiradi va boshini tebratib, naychadan ipak tolasini sug’urib chiqaradi. Bu
harakat qanchalik tez bo’lsa, ipak tolasi shunchalik ingichka chiqadi, chunki ipak
massasi mexanik ravishda juda ko’p cho’ziladi.
Harorat 21
0
bo’lganda ipak qurti 3,17 sekund mobaynida bo’yi 3,5 mm, ipak
tolasining yo’g’onligi 24,91 mikron keladigan bitta sakkizlik hosil qiladi, bunda
ipak tolasini chiqarish tezligi sekundiga 2,11 mm bo’ladi. Harorat 29
0
bo’lganda
ipak qurti bo’yi 4,6 mm keladigan sakkizliklar hosil qiladi, bunda har bir sakkizlik
uchun faqat 1,69 sekund vaqt sarflaydi, ipak tolasining yo’g’onligi 20,43
mikrongacha kamayadi, sakkizliklar hosil qilish tezligi esa sekundiga 6,01 mm
gacha ortadi.
Ipak tolasining asosiy texnologik xossalaridan biri uning metrik nomeri
(teksi) va uning bir xil bo’lmasligidir. Pilla o’rash davrining boshlarida ipak qurti
yo’g’on – ipak tolasi, ya’ni metrik nomeri past –2500-3000 tartibdagi ipak tolasi
chiqaradi, pila o’rash davrining oxiriga kelib, ipak tolasi anchagina ingichkalashadi
va shunga muvofiq ravishda uning metrik nomeri ham oshadi, ya’ni 4000-6000
tartibdagi miqdorga ega bo’ladi. Odatda, bita pilla ichidagi ipak tolasining oxirgi
uchining metrik nomeri uning boshlanish qismidagi ipak tolasining metrik
nomeridan ikki-uch marta ortiq bo’ladi. Ipak tolasining nomeri uning o’rtacha
miqdoriga qarab, odatda, bitta pillan ingichida 17-25% va pillalar orasida 12-18%
gacha o’zgarib turadi. Ipak tolasining o’rtacha metrik nomeri qanchalik katta
bo’lsa, pilla ichidagi va pillalar orasidagi har xillik shunchalik kam, pillalarning
texnologik xossalari shunchalik yuqori bo’ladi. Ipak tolalarining yo’g’on-
ingichkaligi har xil bo’lishi bizning pillakashlik fabrikalarimizda hozir keng
97
qo’llanayotgan pillalardan avtomatik ravishda ipak tortishda, ayniqsakatta rol
o’ynaydi.
Pilla o’rashning harorat sharoiti ipak tolasining metrik nomerini har xil
bo’lishiga, pillalarning seripakligi va ipak chiqishi kabi texnologik ko’rsatkichlarga
ta’sir etadi. Ipakning chiqishi esa serisinning holatiga bog’liq bo’lgan pillalarning
tortiluvchanlik (chuvaluvchanlik) xossasi bilan to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. Pilla
o’rash davridagi jarayonlarni o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlari
natijasida qiziqarli ma’lumotlar olindi. Jumladan, pilla o’rash davrida harorat 25
0
-
26
0
S gacha ko’tarilsa, pilla o’rash muddati, umuman qisqardi, ipak tolasining
o’rtacha metrik nomeri kattalashdi, uning har xilligi kamaydi, pilla seripak bo’lishi
va ipak tolasi ko’p chiqishi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, harorat 28
0
-29
0
S gacha
ko’tarilganda ipak tolasining metrik nomeri yanada kattalashishi va har xilligi
kamaya bordi, ammo buning evaziga pillaning ipagi anchagina kamayib ketadi va
ipak tolasi juda kam chiqadi. Shunday qilib, pilla o’rash davrida past (21
0
-23
0
)
harorat ham, yuqori (28
0
-29
0
) harorat ham pillalarning biologik ko’rsatkichlarini va
texnologik xossalarini pasaytirib yuborishi aniqlandi, 25-26
0
S yaxshi harorat
hisoblanadi. Pasayib boruvchi harorat, ya’ni pilla o’rash vaqtining birinchi kuni
26
0
, ikkinchi kuni 25
0
va uchinchi kuni –24
0
bo’lishi eng yaxshi hisoblanadi.
Bunday haroratda olingan pillalar yuqori texnologik xossalarga ega bo’ladi. Ipak
tolasining yo’g’on-ingichkaligi bir xilda bo’lishi uchun bu sharoit ayniqsa
qulaydir: agar 21
0
S haroratda ipak tolasi yo’g’on-ingichkaligining har xilligi 23%
bo’lsa, 25
0
da 19,4% va 27
0
da esa 15,5% bo’ladi. Demak, pilla o’rash davrida
qurtxonadagi harorat bir me’yorda mo’tadil ravishda ushlab turilmay kunlar
bo’yicha asta-sekin pasaytirib borilsa, qurtlar jadal sur’atda pilla o’raydi va ipak
tolasi bir tekis chiqib, texnologik xususiyatlari yaxshi bo’ladi.
Pilla o’rash davrida havoning nisbiy namligi ham katta rol o’ynaydi.
Havoning nisbiy namligi yuqori 80-85% bo’lganda (boshqa hamma sharoit qulay
bo’lsa ham) pillalarning biologik ko’rsatkichlari va texnologik xossalari juda
yomonlashib ketadi. Pilladan ipak tortilishi va xomipak chiqishi, ayniqsa pasayib
ketadi. Havoning harorati past bo’lib, nisbiy namligi past bo’lganda pillaning
98
o’rtacha massasi kamayib ketadi. Havoning namligi ham, harorati ham yuqori
bo’lganda ipak qurtlari juda ko’p pilla o’raydi, ammo bunda pilla qobig’i g’ovak,
ipak tortishga yaramaydigan bo’lib qoladi.
Ko’p yillik ilmiy kuzatishlar va ilg’or pillakorlarning tajribalari shuni
ko’rsatdiki, pilla o’rash vaqtida xonadagi havoning nisbiy namligi 60-70% bo’lsa,
maqsadga muvofiqdir, pillalarni biologik va texnologik ko’rsatkichlari talabga
javob beradigan darajada bo’ladi.
Qurtlar
pilla
o’raydigan so’kchaklarning yoritilish darajasi ham
ipaktolalarining yo’g’on-ingichkaligi har xil bo’lib qolishiga sabab bo’ladi.
So’kchaklar bir tomonlama yoritilganda ipak tolasi yo’g’on-ingichkaligining har
xillik foizi ortadi, har tomonlama bir xil yoritilganda yoki hamma joyi bir tekis
qorong’ilatilganda esa har xillik kamayadi.
Pillaning sifati, ya’ni katta kichikligi, shakli, og’irligi, qobig’ining foizi,
qattiqligi hamda uning texnologik xossaliriga /ipak miqdorining chiqishi, o’ralishi,
tolaning uzunligi va pishiqligi / irsiyatdan tashqari pilla o’rash sharoiti - harorat,
namlik, yorug’lik, aerasiya, dastalarning miqdori va sifati ham katta ta’sir etadi .
Harorat past bo’lganda pilla o’rash davri cho’ziladi /7-10 kunga/ va ko’plab
qurtlar g’anada pilla o’raydi, shuningdek pilla o’ramay qolgan qurtlar soni ortadi.
Haroratning mo’tadil darajadan oshib ketishi, pilla o’rash jarayonini
tezlashtiradi, natijada dukurma, dog’li va shakli o’zgargan pillalar soni
ko’payishiga sabab bo’ladi. Harorat yuqori bo’lganda qurtlar ipak tolalarini pilla
qobig’iga betartib joylashtiradi, bu esa o’z navbatida pillalarni chuvilishi va
pilladan xom ipak chiqishini kamaytiradi.
Keyingi vaqtlarda ishlab chiqarishga joriy etilgan oq pilla o’raydigan yuqori
mahsuldor zotlar uchun pilla o’rash davrida harorat 25ºS, namlik 60-70% bo’lishi
tavsiya etiladi.
Shularni e’tiborga olib, biz o’z tadqiqotlarimizda dastlab pillaning o’ralishi,
yetilishi, hosildorligi va biologik ko’rsatkichlariga o’zgaruvchan harorat va
namlikning ta’sirini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan edik. Shu bo’yicha olib
borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra harorat 25ºS dan past bo’lganda (20-21ºS) yoki
99
yuqori bo’lganda (28-29ºS) qurtlar dastaga birdan chiqmaydi, hayotchanligi
pasayadi va ko’pincha qurtlar g’anaga pilla o’raydi.
Pilla o’rash davrida qurtxonadagi haroratni keskin o’zgarishi, pillaning
yetilishi, o’ragan pillalar miqdori. Navli pillalar foizi va bir quti qurtdan olinadigan
pilla hosildorligiga ta’sir ko’rsatishi ma’lum bo’ldi. Masalan, pilla o’rashdagi
harorat 20-21
0
S bo’lganida pillalar 11 kunda yetilgan bo’lsa, harorat 24-25
0
S
bo’lganida 9-10 kun, harorat 28-29
0
S bo’lganida 7-8 kun ketgan bo’lsa, pilla o’rash
davridagi harorat me’yorida (25-26
0
S) bo’lganida 8 kun sarflanishi ma’lum bo’ldi.
Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, pilla o’rashda haroratning pasayishi
pillaning yetilishini 3 kunga cho’zilishini, haroratni me’yoridan ortiq bo’lishi esa
bir kun oldin yetilishini ko’rsatib turibdi. Shu bilan bir qatorda yetilishi cho’zilgan
pillalar tarkibidagi namlik me’yoridan biroz ortiqroq bo’lishi aniqlandi. Yuqori
haroratda pilla o’ratilganda yetilishi tezlashib, pilla qobig’i tolasini yopishqoqligi
ortishi ma’lum bo’ldi.
Shunga o’xshash farqlanuvchi ko’rsatkichlar jami o’ragan pillalar miqdorida
ham ko’rinib turibdi. Jumladan, past haroratda qurtlarni 78-80% o’rtacha haroratda
88-90%, yuqori haroratda 82-83% va nihoyat mo’tadil harorat va namlikda 92%i
pilla o’ragan. navli pillalarni tarkibi 20º-21
0
Sda-74-76%, 24-25ºSda-90-92%, 25-
26ºSda 94% va 28-29
0
Sda 84-86% ni tashkil etadi. Demak, pilla o’rash past
haroratda bo’lganida qurtlarni jami o’ragan pillalar miqdori 78-80% bo’lib,
mo’tadil haroratdagi ko’rsatkichlarga (92%) nisbatan 2-4 foyizga va aksincha
harorat yuqori bo’lganda bu ko’rsatkich 82-83% ni tashkil etib, nazorat variantiga
nisbatan 9-10% gacha kam bo’lishi ma’lum bo’ldi. Bundan tashqari bir quti
qurtdan olinadigan pilla hosildorligida ham keskin o’zgarish sodir bo’lishi
aniqlandi. Masalan, bir quti qurtdan olinadigan pilla hosili pilla o’rash past
haroratda bo’lganida 66,8-68,3 kg ni, harorat o’rtacha bo’lganida 72-81 kg ni ,
harorat yuqori bo’lganida 54-63 kg ni tashkil etib, nazorat variantida bu
ko’rsatkich 83 kg ga teng bo’lib, boshqa variantlarga nisbatan 2 kg dan 20 kg
gacha farq qilishi ma’lum bo’ldi.
100
Agarda pilla o’rash sharoiti yomon bo’lsa nuqsonli pillalarning miqdori
ko’payadi. Haroratni 20-23º darajaga pasayishi yoki 28 darajadan oshib ketishi, kar
pilla ichidagi g’umbakni o’lib pilla qobig’iga yopishib qolgan, lekin tashqarisida
dog’siz pillalar/va qora-pachoq /pilla ichidagi g’umbagi o’lib, chirigan,
tashqarisida qora dog’li/pillalarning miqdorini ko’payishiga va ularning texnologik
xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Pilla o’rash davrida qurtxonadagi o’zgaruvchan harorat va namligini pillaning
biologik ko’rsatkichlariga (o’rtacha og’irligiga, pilla qobig’i og’irligi va
ipakchanligiga) ta’sir etishi 3- jadvalda keltirilgan.
Pilla o’rash davrida havoning nisbiy namligi, pillaning sifatiga katta ta’sir
ko’rsatadi.
Pilla o’rash davrining boshlanishida havoning nisbiy namligi oshib ketishi
mumkin,bunga sabablar bo’ladi.masalan ipak qurti pilla o’rash davrida tanasidan
ko’p suvni bug’latadi. Bundan tashqari yeyilmay qolgan barglar, g’ana va yaxshi
quritilmagan
dastalar
ham
suvni
bug’latadi. Namlik oshib ketishi
mikroorganizimning ko’payishi uchun sharoit va kasalliklarni tarqalishiga sabab
bo’ladi, natijada qurtlar ko’p nobud bo’ladi va pilla sifati pasayadi.
Qurtxona havosining nisbiy namligi mo’tadil darajadan kamayganida qurtlar
tanasi va barg satxidan suvning bug’lanishi kuchayadi.
Pilla o’rash davrida qurxonaning doimo shamollatib turish zarur.
Shamollatishda yelvizak shamollar bo’lmasligi kerak. Bir tomonlama shamollatish
lozim aks xolda xarorat va namlik pasayib ketishi mumkin. Buning uchun kunduz
kunlari qurtxanadagi maxsus shamollatgich teshiklaridan foydalanish kerak.
Pilla o’rash davrida qurtxonaning yorug’ligi ham muhim axamiyatga ega.
Qurtxonadagi namlik ko’tarilib, mog’or hosil bo’ladi, qurtlar pillani oxirigacha
o’ramaydi, pilla hosilaga ta’sir etadi. Shuning uchun qurtxona deraza va oynalari
qog’oz bilan berkitiladi.
Ba’zi qurt boquvchilar qurt pilla o’rashni boshlaganda ozuqa berishni
to’xtatib, dastalarni bostirib usti qog’oz yoki mato bilan yopib qurtxonani
berkitadilar.
|