Pillalarning g’umbagini o’ldirish va quritish tartibi. Pilla yigirish
fabrikalarini yil davomida xom-ashyo bilan ta’minlash maqsadida pillalarning
ichidagi g’umbagi o’ldiriladi, keyin quritiladi.
8
E. Rama Devi,T. Karuna Ipak qurtini boqish texnologiyasi
texnologiyasi
112
Pilla ichidagi tirik g’umbakni turli yo’llar bilan o’ldirish mumkin. Jumladan,
to’g’ridan-to’g’ri tushayotgan quyosh nuri, issiq havo (kamida 60
0
S) issiq suv
bug’i bilan, turli zaharlovchi moddalarning bug’lari bilan, radioaktiv nurlar, har xil
kuchlanishdagi va har xil ko’rinishdagi elektr toki ta’sirida va boshqa kimyoviy
hamda fizik ta’sir ko’rsatish yo’llari bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishda pillalarning g’umbagi dastlabki ishlov berish punktarida
faqat ikki usulda: pillani issiq bug’da bug’lab, keyin havoda kuritish va pillaga
issiq havo ta’sir ettirish yo’li bilan o’ldiriladi.
Pillalarning g’umbagi o’lgach, ular kameradan vagonetkasi bilan tashkariga
chiqariladi. 10 - 15 minutdan keyin yashiklar vagonetkadan olinadi va 20 minut
davomida sovutiladi. Keyin quritish uchun usti yopiq surilarga olib borib yoyiladi.
U yerda pillalar bir - ikki oy davomida ochiq havoda quritiladi.
Tirik pillalarni terishni pilla sifatiga ta’siri. Tuman pillachilik idorasi
viloyat ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasining ixtiyorida bo’lib, uning
vazifasiga pillalarni qabul qilish, ularga dastlabki ishlov berish va quruq pillalarni
iste’molchilarga topshirish kiradi.
Pillalarga dastlabki ishlov berish bazasi alohida ajratilgan joydan va atrofi
o’ralgan maydondan iborat bo’lib, ichida pillalarni qabul qilish uchun ayvonlar,
pillaga dastlabki ishlov berish agregatlari, g’umbagi o’ldirilgan pillalar
quritiladigan ayvonlar, idora va omborxonalar joylashadi. Pillalarga dastlabki
ishlov berish bazasining maydoni uch qismga bo’linadi:
a) tashqi qismi, u yerda oshxona, choyxona, ma’naviy-ma’rifiy burchak,
transportlar turadigan joy va hojatxona.
b) qabul punkti, uning tarkibiga navbat kutadigan joy va kelgan pillalarni
tortadigan va qabul qilingan pillalarni saqlaydigan usti yopiq joylar (bular faqat
pillalarni qabul qilish vaqtida ishlaydi) kiradi.
v) laboratoriya va hisob-kitob qilish qismi alohida binoni egallaydi.
Pillalar qabul punktidan pillalarga dastlabki ishlov berish bazasining ishlab
chiqarish qismiga o’tkaziladi. U pillalarga ishlov berish bazasi maydonining asosiy
qismini egallaydi. Unda quritiladigan yoki quritilgan pillalarni saqlash uchun
113
ayvonlar, o’t o’chirish hovuzi va o’t o’chirishda foydalanadigan asboblar ilib
qo’yiladigan maxsus yong’inga qarshi foydalanadigan uskunalar taxtasi, yonilg’i,
moylash materiallari omborxonasi, pillaxonaning materiallar ombori, ustaxona,
garaj va qorapachoq pillalarni saqlaydigan maydoncha, shuningdek hovlidagi
boshqa ishlab chiqarish qurilishlari va binolari joylashadi. Pillalarga dastlabki
ishlov berish bazasi bir vaqtning o’zida bosh pillaxona hisoblanadi va unda qabul
punktining maydonchasida bosh pillaxonaning binolari ham joylashadi.
Bu yerda pillalarga dastlabki ishlov berish amalga oshirilib. quritish
texnikasidan u yoki bu usulda foydalanish, shuningdek hajmiga, tayyorlash
mavsumining cho’zilishiga va ularning quvvatiga bog’liq bo’lib, uch xil tartibda
qo’llanadi:
1. Pillalar g’umbagini o’ldirib, qisman quritish;
2. Pillalar g’umbagini o’ldirib, yarim quritish;
3. Pillalar g’umbagini o’ldirib, to’la quritish.
Bazadagi usti pana ayvonlar dastlabki ishlov berishdan o’tgan pillalarni
joylashtirib, unda quritish uchun mo’ljallangan. Pillalarni tashishdagi hamma ishlar
qo’lda, qanor yoki xom surp kabi matolar yordamida bajariladi. Tabiiyki, bu katta
mehnatni talab qiladi. Bundan tashqari, pillalarni o’z vaqtida ag’darib, ya’ni doimo
aralashtirib turilishi yigirilmaydigan pillalar miqdori hamda los chiqishini
ko’paytiradi. Bunday salbiy natijalarni yo’qotish maqsadida E.X.Tojiyev va
G.P.Pinchuk (1975) tomonidan baza ichida pillalarning joyini o’zgartirishni,
shuningdek bazadan tashqaridagi dastlabki ishlov berilishi kerak bo’lgan pillalarni
va so’ngra ularni qattiq idishlarda tashishning yangi texnologiyasini taklif etdilar.
Pillaxonalarda pillalar g’umbagini o’ldirish, quritish jarayonlari va ularni baza
ichida tashish ishlari to’la mexanizasiyalashgan emas. Hozirgi vaqtda ayrim
pillaxonalarda qo’l mehnatini kichik mexanizmlar bilan ta’minlash amalga
oshirilmoqda va u ishlab chiqarish sharoitida sinab ko’rilmoqda (Samarqand,
Qashqadaryo viloyatlarida). Shu pillaxonalarda tirik pillalarni qabul punktidan
pilla quritgichga uzatish hamda unda ishlov berilgach chiqqan pillalarni usti pana
ayvonlardagi so’rilarga yetkazib berishda transporterlardan, avtokarlardan
114
foydalanilmoqda. Bunday mexanizmlar pilla sifatining ma’lum darajada yaxshi
saqlanishiga, qo’l mehnati kam sarflanishiga va ish unumi ortishiga imkon beradi.
Har bir qabul punkti quyidagilar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur:
1. Tirik pillalar uchun yetarli miqdordagi yashik va karavotlar;
2. To’rtta alohida bino:
a) Kutish joyi
b) Qabul qilish ayvoni
v) Qabul qilingan pillalarni saqlaydigan ayvon
g) Pilla partiyalaridan olingan namunalarni tahlil laboratoriyasi.
Pillalarni topshirish uchun navbat kutish joyida ularni qabul qilgunga qadar
topshiriladigan pillalarni qisman saralash uchun joy va kamida o’nta pilla
|