109
31-rasm. Har-xil rangdagi pillalarni marfalogik ko’rinishi.
Ishlash tartibi:
1-topshiriq. Tut ipak qurti pillasining morfologik belgilarini o’rganing, har xil
shakldagi pillalarni olib, tashqi tuzilishi bilan tanishing.
2-topshiriq. Turli xil katta-kichiklikdagi pillalarning og’irligi, hajmi, erkak va
urg’ochi pillalarning o’rtacha og’irligini aniqlang.
3-topshiriq. Tirik pillani olib uzunasi bo’yiga kesib,
pillaning ichki tuzilishi
hamda pilla qobig’ining
tuzilishi, g’umbakning joylashishi va qurtning g’umbakka
aylanishi oldidan tashlagan po’sti bilan tanishing.
4-topshiriq. Kuzatilgan obyektlarning rasmini ish daftariga chizing.
5-topshiriq. Tushunchalar tahlili usulida tirik pillalarni morfologik belgilarini
o’rganish.
110
PILLALARNI G’UMBAGINI O’LDIRISH VA QURITISH
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni navli,
navsiz va nuqsonli tirik
pillalarning aralashmasi, tirik pillalarni tashish va saqlashda hamda ko’zdan kechirish
va tortishda ishlatiladigan jihozlar bilan tanishtirish.
Topshiriqlar:
1. Tut
ipak qurti pillasiga qo’yiladigan standart talablarni o’rganish.
2. Topshiriladigan pillalarni standart talabga ko’ra
navlarga ajratishni
o’rganish.
3. Pilla g’umbagini o’ldirish va quritish qachon va qaysi joylarda bajarilishi,
pillani saqlash va sanoat korxonalariga topshirish tartibi bilan tanishish.
4. Kuzatilgan obyektning rasmini ish daftariga chizib olish.