partiyasini solishga yetarli miqdorda karavotlar bo’lishi kerak. Kutish joyidagi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari


partiyasini solishga yetarli miqdorda karavotlar bo’lishi kerak. Kutish joyidagi 
yerga esa qanor yozib qo’yiladi. Kutish joyining umumiy sathi bir kun davomida 
keladigan tirik pillalar miqdoriga qarab oldindan mo’ljallab qo’yiladi.
Qabul qilingan pillalarni saqlaydigan ayvon bir kun davomida qabul qilingan 
tirik pillalarni saqlash uchun xizmat qiladi. Navli va navsiz pillalarni saqlash uchun 
ajratilgan joy asfaltlangan, usti yopiq bino yoki ayvon bo’lib, u shamoldan, 
yog’ingarchilikdan hamda quyosh nuridan saqlangan bo’lishi kerak. Bundan 


115 
tashqari, qorapachoq pillalar navli pillalar saqlanayotgan joydan kamida 200 m 
narida ochiq maydonchada saqlanadi. 
Tirik pillalarni saqlash vaqtida ularning massasi kamayadi. Bir kun davomida 
tirik pillalar massasining kamayishi ko’p yillik ilmiy kuzatishlar va ishlab 
chiqarishdagi tajribalarga asoslanib, respublika pillachilik boshqarmasi tomonidan 
1,25% miqdorida belgilangan. Pilla massasini bunday kamayishi g’umbak 
tanasining massasi kamayishi hisobiga, aniqrog’i g’umbakni kapalakka aylanishida 
sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlarni ketishi uchun g’umbak tanasi tarkibidagi 
oziq moddalarni sarflanishi hisobiga ro’y beradi.
Ushbu kamayish kapalak chiqish vaqtiga kelib dastlabki massadan 10-12 % 
gacha o’z massasini yo’qotadi. Ammo keyinchalik bu raqam kuniga 1,2 – 1,5% 
teng bo’ladi. Bu massani yo’qolishi bir vaqtda ipakchanlikni oshishiga sabab 
bo’ladi, chunki pilla qobig’ining massasi kamayadi, uning namligi standartdagi 
(o’lchov) 10% atrofida saqlanadi, g’umbakning massasi kamayadi, bu esa tabiiyki 
pilladagi ipak miqdorini ko’payishiga sabab bo’ladi. 
Pillalarni vaqtincha tashkil etilgan qabul punktidan ularga dastlabki ishlov 
berish bazasiga olib kelishda pilla massasini kundalik kamayishi hisobga olingan 
holda qabul qilinadi. Pillalarni qabul punktida necha kun saqlanganidan qat’iy 
nazar ularning massasini yo’qotish miqdori ko’pi bilan 2,5% dan oshmasligi kerak 
va shuncha % pillani hisobdan chiqarishga ruxsat etiladi. 
Pillalar dastlabki ishlov berish bazasida alohida partiyalari bo’yicha qayta 
tortilib, ularning haqiqiy massasi aniqlanadi va shu massa bo’yicha quritishga 
rasmiylashtiriladi. 
Tirik pillalar massasini o’zgarishi (Us) (pilla ichidagi g’umbaklarni hayot 
faoliyati sababli ularning massasi kamayadi) shartli ravishda pillaning qurishi 
deyiladi va quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi. 
Us

1
2
1
M
M
M


100 
Bu yerda: M
1
– pillakorlardan qabul qilingan pilla partiyasining massasi, kg. 


116 
M
2
– dastlabki ishlov berish bazasiga topshirilgan o’sha pilla partiyalarining 
massasi, kg. 
Birinchi kunda pillalarni saqlash vaqtida eng ko’p qurishi, qurtni g’umbakka 
aylanib bo’lishidan, ya’ni g’umbak tanasining shakllanishi tugashidan dalolat 
beradi. Massasining eng kam yo’qolishi pilla yoshini 3-4 kunlik davriga to’g’ri 
keladi, so’ngra pillalarni yoshi ortishi bilan ular massasining yo’qolishi - qurishi 
ham orta boradi. Pillalarni mavsumdagi haqiqiy qurishi shu me’yorga to’g’ri 
keladi. 
Agar pillalarga dastlabki ishlov berish bazasining hududida qabul punkti 
uchun faqat bitta usti yopiq ayvon bo’lsa, unda sathining bir qismini ko’rsatilgan 
normaga – me’yorga rioya qilgan holda kutish, tortish va saqlash uchun joy 
ajratiladi, bunda pillalar saqlanadigan joy ularni qabul qiluvchilar soniga ko’ra 
qismlarga ajratilib, alohida o’ralgan bo’lishi kerak. 
Pillalarni pillakorlardan qabul qilib olish faqat kunning yorug’ vaqtida amalga 
oshirilishi kerak, pillalarni tunda har qanday sun’iy yorug’likda qabul qilish 
qat’iyan man etiladi. 
Pillalarni navlar aralashmasi har bir zot (duragay) uchun oldindan alohida 
ajratilgan qanor yoki qattiq mato to’shalgan joyga to’kiladi. Pillalar qator tizma 
jo’yak shaklida balandligi 50 sm gacha va eni 75 sm gacha qilib joylashtiriladi, 
ular orasidagi yurish uchun ajratilgan joy 50 sm dan kam bo’lmasligi kerak. 
Navsiz pillalar zot va duragaylarga ajratilmagan holda qator tizma jo’yak 
ko’rinishida balandligi 20 sm gacha, eni 75 sm gacha qilib joylashtiriladi, ular 
orasidagi yurish uchun ajratilgan joy 50 sm dan kam bo’lmasligi kerak. 
Davlat standartining tarkibi sotiladigan yoki topshiriladigan mol hamda 
buyumni parametr va shartlarni o’z ichiga oladi. Davlat standartini buzuvchilar 
qonun asosida jazolanadi. Shu davlat standarti (GOST 631-2004) bo’yicha pilla 
qobig’ining sifatiga qarab pillalarni qabul qilish va namunalarni tahlil qilish hamda 
nav va xillarga ajratish amalga oshiriladi. 
Mazkur standart pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida yoki ularning qabul 
qilish punktlarida tayyorlanadigan tut ipak qurtining oq pillali zot va 


117 
duragaylaridan iborat tirik pillalariga joriy etiladi. Standartda ishlatiladigan ba’zi 
atamalar GOST 3398-74 bo’yicha aniqlanadi. 
Tut ipak qurtining tirik pillalari qobig’ining sifatiga qarab I, II navlarga, 
nostandart, navsiz va qorapachoq pillalarga bo’linadi.
I- navga qobig’i shikastlanmagan toza pillalar kiradi. Qobiq sirtidagi dog’ 
yoki dog’larning umumiy diametri 5 mmdan katta bo’lmagan, har bir dasta izining 
uzunligi 10 mm dan katta bo’lmagan, har bir silliq yaltiroq joyining uzunligi 10 
mm dan katta bo’lmagan pillalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
II – navga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq 
yuzasining to’rtdan bir qismidan oshmagan, har bir dasta izining uzunligi 15 mm 
dan katta bo’lmagan, har bir silliq yaltiroq joyining uzunligi 15 mm dan katta 
bo’lmagan, bir qutbi o’tkir uchli, ezilgan, yupqa qobiqli, buzuq shaklli va ichi 
ko’rinmaydigan yupqa qutbli pillalar kiradi. Pilla qobig’ining sirtida bir necha 
dasta izi yoki silliq yaltiroq joyi bo’lgan taqdirda uning navi dasta izi yoki silliq 
yaltiroq joyining eng kattasiga qarab aniqlanadi. 
Navsiz pillalarga qobiq sirtidagi dog’ yoki dog’larning umumiy yuzasi qobiq 
yuzasining to’rtdan bir qismidan ortiq bo’lgan, dasta izining uzunligi 15 mm dan 
katta bo’lgan, silliq yaltiroq joyining uzunligi 15 mm dan katta bo’lgan, uzunligi 
bo’yicha qobig’i o’ta ezilgan va pachoqlanib yopishgan, ichki dog’lari qobiqning 
sirtiga 
chiqqan, 
kigizsimon, 
paxtasimon, 
qo’shaloq g’umbakli, teshik, 
mog’orlagan, qotib qolgan, chala o’ralgan, xom, yupqa qutbli, juda buzuq shaklli 
va ikkala qutbi o’tkir uchli pillalar kiradi
Tirik pillalar saralanmagan navli pilla aralashmasiga, navsiz pillalarga va 
qorapachoqqa ajratilgan bo’lishi shart. Saralanmagan navli pilla aralashmasida 
begona aralashmaga, pillaga ilashgan losga, qorapachoqqa, shuningdek 10,0 % 
ortiq navsiz pillalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.Navsiz pillalarda begona 
aralashmaga, shuningdek 0,1 % ortiq qorapachoq bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Tirik pillalar toza, quruq yashiklar, qutilar, savatlarga joylanadi. 
Ikki va uch kundan so’ng terilgan pillalar yigirilganda, birinchi uzilishigacha 
yigirilishi juda past (209-358 m) ko’rsatgich olingan, bu esa normal yetilgan (7-9 


118 
kunda terilgan pillalarning ko’rsatgichidan (685-811m) 2-3 marta kam bo’lgan. 
Yetilmagan (xom) pillalarni terib topshirish, ipak qurtining pilla o’rashda 
to’xtashiga va o’ralayotgan pilla ipining uzilishiga olib keladi. Keyinroq pilla va 
uning ichidagi qurt pillaxonada tinch qoldirilgan davrda, yana pilla o’rashni davom 
ettiradi. Lekin ipning uchi yangidan ipak qurti og’zidan chiqarilgan ipak hisobiga 
boshlanadi. 
Ana shunday pilla o’rashdagi texnologik jarayonlarning buzilishi pilla 
sifatining undan chiqadigan ipak miqdori va chuvalanayotgan ipning birinchi 
uzilishgacha bo’lgan uzunligining past bo’lishiga asosiy sabab bo’ladi. Qabul 
qilingan xom pillalarni, ko’pchilik pillaxonalarda pilla ichidagi qurt g’umbakka 
aylanib, yetilib pishishiga imkoniyat yaratish maqsadida 1-2 kun saqlaydilar. 
Bunda kasal qurt va g’umbaklar chirib parchalanadilar, natijada ichidan, pilla 
qobig’ining yuziga chiqqan dog’li pillalar ko’payadi. Bu xol pilla qobig’ining va 
undan olingan ipakning sifatini pasaytirib yuboradi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, pillalarning pishib 
yetilishi, ya’ni qurti g’umbakka aylanishi va g’umbakning po’sti qotishini kutib, 
ularni 7-9 kunda terish va qabul punktlariga topshirish eng optimal muddat 
hisoblanadi. Respublikada pilla yetishtiruvchi xo’jaliklar xom pilla terilishi va 
ularni qabul qilib olish hisobiga millionlab zarar ko’radilar. Bunday hisob-kitobsiz 
va savodsizlarcha pilla yetishtirishga va tayyorlashga chek qo’yish uchun joylarda 
mutaxassis, hamda qurt boquvchilarga tushuntirish, ularni o’qitish, pillachilik 
korxonalarida tartibni va javobgarlikni oshirish va moddiy qiziqtirishni joriy qilish 
lozimdir. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyasini solishga yetarli miqdorda karavotlar bo’lishi kerak. Kutish joyidagi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish