140
Pillalar
uch bosqichda quritiladi, buning uchun pilla quritgich gorizontal
(yotiq) to’siqlar bilan uch kameraga ajratilgan: yuqorigi, o’rta va pastki. Yuqorigi
va o’rta kameralar (zonalar) uchtadan konveyerlarni birlashtiradi, pastki kamerada
esa ikkita konveyer joylashgan.Pastki konveyerni oxirida qurigan pillalar to’rtta
ventilyator yordamida sovitiladi va ko’ndalang hamda qiya transporterlar sistemasi
(tarmoqlari) orqali avtomat tarozilar taqsimlagichlariga tushadi, so’ngra qoplarga
joylanadi.
Pilla qobig’ining holatiga qarab pillalarni to’la quritish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi.
7-jadval
Issiqlik elituvchining kameraga kirish vaqtidagi
harorati, S
0
:
1-tartib
II-tartib
Birinchiga
108-110
116-118
Ikkinchiga
93-95
90-92
Uchinchiga
64-66
66-68
quritish muddati, min
330-360
285-300
Pilla qavatining qalinligi, mm
50-60
50-60
Pillalarning namligi, %
qurigunga qadar
170-190
qurigandan keyin
12-15
Pillalarning qurish darajasi sakkizinchi ishchi konveyerni har joyidan olingan
namunalar bo’yicha aniqlanadi. Tekshirish uchun olingan 8-10 ta pilla qobig’i
kesilib, g’umbagi olinadi va uni barmoqlar bilan maydalanadi. Me’yorida
quritilgan bo’lsa, uning yuzasi yog’liq mayda donachalarga parchalanib ketadi.
Agar pilla quritgichdan faqat pillalar g’umbagini o’ldirishda foydalaniladigan
bo’lsa, qolgan ikkita zonaning isitish qurilmalari o’chirib qo’yiladi, yarim
quritishda esa pastki zonasiniki o’chiriladi. Bunda konveyerlar to’xtatilmaydi,
chunki ular pillalarni kameradan tashqariga chiqarish uchun ishlab turishi kerak.
Bu hamma pilla quritgichlar qizdirgan havo yordamida ishlaydi. Issiqlik bilan
namlikning almashinuvchi, quritish kamerasiga berilayotgan 10-12% namlikka ega
141
bo’lgan qizdirilgan havo, kameradagi pillalardan namlikni o’ziga tortib oladi, shu
tariqa
issiqlik, namlik, massa almashinuvi amalga oshadi, bu esa issiq havoning
nisbiy namligi oshishiga
hamda harorati pasayishiga, pillaning esa aksincha
namligi kamayishi va qizishiga sabab bo’ladi.
Pillalarning harorati va kelayotgan havoning nisbiy namligi qancha ko’p farq
qilsa, bu jarayon shuncha faol bo’ladi. Agar issiq havo harorati 100
0
S dan yuqori
bo’lsa, bu birinchi navbatda serisinning qurib qolishiga imkon yaratadi,
natijada
uning suvda erishiga salbiy ta’sir etadi. Bu albatta quritishni tezlashtirishi mumkin,
ammo qurigan pillalar sifatining yomonlashishiga olib keladi, shu sababli havoning
boshlang’ich harorati 80-90
0
S bo’lganda quritishni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Pillalarning namligi soyada quritilayotgan vaqtda standartda ko’rsatilgan
darajagacha olib boriladi.
Yangi davlatlararo 2004 davlat standarti bo’yicha topshirilayotgan quruq
pillalarning navlar tarkibini, namligini va ipak xomashyosining chiqishini
aniqlash uchun namuna olish tartibi quyidagicha amalga toshiriladi. Har beshta
qopning bittasidan, ya’ni yuqorigi, o’rta va pastki qismidan teng, aniq namunalar
olinadi. Namunalar olish davlat standartida bayon etilgan yo’l bilan olib boriladi.
Olingan
barcha
namunalar
qo’shilib,
ulardan
birlashgan
namuna
tuziladi.Birlashgan namuna hamma pilla partiyalari bilan bir xil sharoitda
saqlanishi kerak. Agar pilla partiyasining massasi 0,5 t gacha bo’lsa, bunday