142
qo’yiladi, keyin u ham xuddi birinchi qopdagi singari og’zi tikiladi va
tamg’alanadi, so’ngra analiz uchun kondision byuroga jo’natiladi.
Shu olingan pilla namunasi kondision byuroga kelgach, u tortilib massasi
aniqlanadi, so’ngra har joyidan namligini aniqlash uchun o’rtacha 800 g massadagi
pilla namunasi olinadi. Namlikni aniqlash uchun analizga olingan namuna teng
ikkita namunaga ajratiladi, ularni grammning o’nlar xonasi aniqligigacha tortiladi,
keyin ulardan biri kondision apparatga joylashtirilib 90-93
0
S haroratda quritiladi.
Ikkinchisi esa germetik (havo kirmaydigan va chiqmaydigan) idishga solib, har
ehtimol uchun takroriy analizga saqlanadi. Kondision apparatdagi harorat 90
0
S
darajaga yetgandan keyin oradan 90 minut o’tgach, quritilayotgan namunani
birinchi tortish amalga oshiriladi. Keyingi tortishlar har 15 minutdan keyin amalga
oshiriladi, toki oxirgi tortish oldingisidan ko’pi bilan 0,05 g farq qilmasa, namuna
quruq holga kelgan hisoblanadi. Namunani tortish vaqtida kondision apparatning
qopqog’i berkitiladi va ventilyator o’chiriladi.
Kondision apparatning tarozilari unda harorat 90-93
0
S bo’lganda
tekshiriladi.Har bir namunadagi pillalarning namligi (W) foizda quyidagi ifoda ilan
hisoblanadi.