-rasm. « KSK 4.5 » pilla quritgichini chizmasi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

47-rasm. « KSK 4.5 » pilla quritgichini chizmasi. 1. kalorifer; 2. tutun 
yo‘llari; 3. issiq xavo yo‘li; 4. pirpirakdan kaloriferga issiq xavo yo‘li; 5. 
pirpirakdan xavoni issiq xavo yo‘liga yo‘nalishi; 6. xavo yo‘lidagi drosel; 7. 
suvni purkab beradigan pirpirak; 8.suv uchun bak; 9. quritish kamerasi; 10. 
diffuzorlar; 12. konfuzorlar; 13.gorizontal transportyorlar; 14. pillani chiqaruvchi 
transportyorlar; 15. pilla solinadigan bunker; 16. pillani pilla quritgichga 
yo‘naltiruvchi transportyor. 


134 
KSK-4,5 pilla quritgichdan foydalanilganda pillalar ikki bosqichda birmuncha 
samarali quritiladi. Birinchi bosqichda pillalar g’umbagini o’ldirib, biroz quritadi 
yoki yarim quritadi va ikkinchi bosqichda usti pana ayvonlardagi so’rilarda 
pillalarni yoyib havo quruqligi holatigacha quritiladi.
Pilla quritgichning yuqorigi ikkita transporterlari doirasida pillalarga yuqori 
harorat va nam havo ta’sir etadi. Bu yerda g’umbaklarni o’ldirish va ulardan 
namlikni jadal yo’qotish amalga oshiriladi. G’umbakdan namlikning birmuncha 
bug’lanishi natijasida yuqorigi konveyerlar doirasidan pastki doiraga kelayotgan 
havoning nisbiy namligi ortadi, harorati esa pillalarni qizdirish hisobiga sarflanishi 
va ulardagi namlikning bug’lanishi evaziga birmuncha pasayadi. 
Havoning harorati kaloriferni o’t yoqish joyiga berilayotgan yoqilg’i miqdori 
bilan, namlik esa havo qopqog’i (zaslonka) yordamida tarmoqqa so’riladigan yangi 
havoni miqdori o’zgarishi, shuningdek ventiyaltor qutisida suvni sun’iy purkash 
bilan boshqariladi. KSK-4,5 pilla quritgichida, bug’li va shuningdek, olovli, 
kaloriferlar singari pilla quritgichdan chiqayotgan, ya’ni foydalanilgan havoning 
harorati, quritgichning kamerasiga kirayotgan pillalar miqdorini o’zgartirish bilan 
boshqariladi, buning uchun konveyerlardagi pilla qalinligini yoki quritish tezligini 
o’zgartirish bilan erishiladi. Konveyerlar tezligini doimo bir xilda ushlab turish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Kamera 
oxiridagi 
havoning 
harorati 
pasaysa, 
konveyerlardagi pillalarning qalinligi kamaytiriladi. 
SK-150-K-1” 
Konveyerli pilla quritgich uch qavatli transporterlardan 
iborat bo’lib, pillalarni biridan ikkinchisiga o’tkazishga 
moslashtirilgan pilla quritgich hisoblanadi, uning pillalarni 
saralashni 
ta’minlovchi transporteri bo’lib, qaysiki 
pillalarni tushirish transporteri ularni idishlarga solib 
beradigan moslama bilan birlashgan. 
Tirik pillalar quritish kamerasining yuqorigi zonasidagi ustki gorizontal 
transporterga kelib tushadi va u yerda namlangan issiq (maksimal haroratdagi) 


135 
havoning ta’siriga duch keladi. So’ngra yuqorigi transporterdan keyingisiga 
uzatiladi va shu yo’l bilan kamerani pastki zonasiga o’tadi, shu bilan bir vaqtda 
quritadigan havoning harorati pasayadi va u yerdan to’la yoki qisman quritilgan 
pillalar tashqariga chiqadi.
G’umbagi o’ldirilgan va quritilgan pillalarni sovutish uchun ikkita ventilyator 
o’rnatilgan, u tashqaridagi havoni kameradan chiqayotgan pillalarga yo’naltiradi. 
KSK-4,5 
Pilla quritgichidagi issiqlikni elituvchi havo harakatining berk 
sxemada bo’lib, qisman foydalanilgani havoni chiqarib yuborish 
va yangi havoni so’rib olish bilan amalga oshiriladi. Havoni 
so’rib olish aylanadigan ventilyatorning so’radigan havo 
yo’lidagi qisqa trubacha orqali amalga oshiriladi. 
Pillalarni quritadigan havoni isitish olovli kaloriferda suyuq yoqilg’i 
/salyarka/ yoki tabiiy gazning yonishidan hosil bo’lgan tutun gazlaridan oshiriladi. 
Olovli kaloriferlardan tashqari, havoni isitish uchun bug’li kaloriferlardan ham 
foydalaniladi . 
Bevosita qurtitish kamerasida, o’rta gorizontal transporter balandligida 
psixrometr o’rnatilgan bo’lib, u o’rta zonadagi quritadigan havoning harorati va 
namligini o’lchaydi.SK – 150 K-1 pilla quritgich quyidagi tartibda ishlashi 
mumkin: g’umbaklarni o’ldirib, bir oz quritish, yarim quritish va to’la quritish. Ish 
tartiblari issiqlik elituvchining harorati va kamera ichidagi transporterlarning 
harakat tezligi bilan farq qiladi. 
Birinchi va ikkinchi tartibda pillalarni quritish jarayoni ikki davrga bo’linadi: 
birinchi davrda SK – 150 K-1 pilla quritgichda pillalarning g’umbagi o’ldiriladi va 
qisman quritiladi, ikkinchi davrda – usti pana so’rilarda havo quruqligi xolatigacha 
quritiladi. 
Pilla quritgichning tarmoqlari, qismlari va mexanizmlari markazlashgan holda 
boshqarish uchun jarayon parametrlarini nazorat qilish ishlarini ta’minlash, 
himoyalangan avtomatik stansiya nazoratida bo’lishi nazarda tutilgan va 
boshqarish shkaf shaklida amalga oshirilgan.Agar pillalar teng massadagi namlik 


136 
(10%) darajasigacha quritilgan bo’lsa, u vaqtda pillalar qanordan yoki matodan 
qilingan qoplarga solinadi. 
Pillalar standartda belgilangan namlik darajasiga yetmagan bo’lsa, ya’ni 
ularning namligi 20-40 % ni tashkil etsa, bunday pillalarni quritish apparatlari 
orqali o’tkazish mumkin. Bunda namlik 8-12% ga olib beriladi va so’ngra 
pillalarni qoplarga joylash mumkin bo’ladi. Shunday takroriy quritish qo’llansa, 
quritish muddati qisqaradi, pillalarni ag’darish uchun ortiqcha sarf-xarajatlar 
bo’lmaydi, ammo bunda pachoq va dog’li pillalarning foizi ko’payishi mumkin.. 
Keyingi vaqtda pillalarga dastlabki ishlov berish bazalarida «Ipak» markaziy 
konstruktorlik-texnologik loyixalash byurosi tomonidan yaratilgan kamerali 
agregatlar pilla g’umbagini o’ldirish uchun foydalanilmoqda. Bu agregat sinovdan 
o’tib, O’rta Osiyo mashina sinash stansiyasi tomonidan ko’plab ishlab chiqarishga 
tavsiya etilgan. 
Kamerali agregat korpus va qopqoqdan iborat bo’lib, aravachaga o’rnatilgan, 
u issiqlik generatori, korpus bilan birlashtirilgan pilla to’plagichlar, silindrik bo’lim 
ko’rinishida devorlari teshilgan holda ikki tomoni ochiq silindrsimon kanal va 
tayanch gardishdan iborat. Aravacha va g’altaklar bilan ta’minlangan, rels bo’yicha 
elektromexanik va zanjirli uzatma yordamida harakat qilib ishlaydi. Pilla 
to’plagichlar korpusga uzatma o’qi bilan aylanadigan qilib o’rnatiladi, kamera 
o’qiga parallel joylashgan aravacha tayanch vallariga ega, elektr motori harakatni 
o’tkazuvchi tishlar va ikki juft zanjir hamda uzatmadan iborat. 
Pillalarga ishlov berishda talab qilinadigan darajadagi harorat tartibini saqlab 
turish uchun havo o’tkazgichlarda avtomatik boshqarish sistemasining datchiklari 
o’rnatilgan. Pillalar g’umbagini o’ldiradigan kamerali agregat quyidagi tartibda 
ishlaydi. Pillalar bilan to’ldirilgan pilla to’plagichlarning beshta bo’limi aravachani 
vallariga joylashtiriladi. Uning elektr o’tkazgichi dvigatelga ulanadi va u relslar 
orqali kamera ichiga harakat qilib, qopqog’i bilan berkitadi. Issiqlik generatoridan 
havo yo’li orqali pilla to’plagichlarning markaziy kanaliga isitilgan havo beriladi, 
bunda tayanch vallarining dvigateli elektr o’tkazgichga ulanadi, natijada pilla 
to’plagichlarga aylanma harakatni uzatadi. Kanalning yon tomoniga o’rnatilgan 


137 
qopqoq issiq havoni o’q bo’yicha chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. U pilla 
to’plagich devoridagi teshikchalar va pillalarni havo o’tkazgichlaridan tortish 
orqali uzatiladi, keyin havo yo’llaridan ventilyatorga – isitish va qayta foydalanish 
uchun issiqlik generatoriga jo’natiladi. 
Kamerali agregatda pillalarni qisman quritish, yarim quritish va to’la quritish 
mumkin. Shulardan pillalarning g’umbagini o’ldirib, uni qisman quritish yaxshi 
natija beradi. G’umbaklari o’ldirilib, qisman quritish tugagach, pilla to’plagich 
bilan kameradan chiqarib olinadi va ular shamollatish qurilmasiga qo’yilib, uyerda 
pillalar orasidagi harorat tashqi havo haroratiga teng bo’lgunga qadar 120 min 
davomida ushlab turiladi. Pillalardagi namlikni yaxshi va bir tekis yo’qotish 
maqsadida shamollatish vaqtida pilla to’plagichlar xar 20 minutda 0,5 marta 
aylanib turadi. 
Keyin pilla to’plagich g’umbagi o’ldirilgan pillalar bilan usti pana joylarga 
g’ildiratib o’tkaziladi va tartib bilan qo’yiladi. Ularning oralig’i 0,5 mdan kam 
bo’lmasligi kerak. G’umbagi o’lgan pillalarni havo quruqligigacha quritish, tabiiy 
sharoitda, pilla to’plagichda amalga oshiriladi. Pillalar bir tekis qurishi va 
mog’orlamasligi uchun pilla to’plagich kamida 2,5 marta aylantirib turiladi, shu 
shart bilanki pilla to’plagichning usti aylantirilgandan keyin past tomonda bo’lsin. 
Bunda pilla to’plagichlarni birinchi 10 kun davomida kuniga ikki marta, keyingi 
kunlari esa bir martadan aylantirib turiladi. 
O’rta Osiyo Mashina sinash stansiyasi va pillaxonalarda keng sinovdan 
o’tkazish shuni ko’rsatdiki, kamerali agregat texnologik jarayonlarni ishonarli 
hamda sifatli bajaradi, ish unumi 1,3 marta ortishiga, ipak xomashyosi chiqishi 
1,0% ko’payishiga, mexnat sarfi ikki marta kamayishiga, energiya va metall hajmi 
1,5 va 5 marta kamayishiga imkon beradi. 
Pillalarni tayyorlash va ularga birinchi ishlov berish yangi texnologiyasi 100 
tonna va undan ko’proq pillalarni qabul qilib, ularga birinchi ishlov beradigan 
bazalariga mo’ljallangan. Lekin kichik 50 t dan kam pilla qabul qiladigan 
pillaxonalarda, SK-150 K va KSK-4,5 issiqlik agregatlarini o’rnatib ishlatish 
iqtisodiy manfaat bermaydi. Chunki bu issiqlik agregatlar mavsumda to’liq 


138 
foydalanmay, ularni ishlatish qimmatga tushib ketadi. 
Shularni hisobga olib, 50 tonnagacha pillaga ishlov beradigan pillaxonalar 
uchun maxsus yangi quritish kamerali agregati yaratilgan .Bu agregat tunelga 
o’xshagan bo’lib, uning ichiga silindr formasiga ega bo’lgan, doirasimon 
tashqarisida va ichidagi kichik doiralar aylanmasi bo’yicha sim setka tortilgan 
bo’lib, bu 2 doira orasiga tirik pilla solib to’lg’aziladi. Bu barabanlar kaseta tipida, 
birin-ketin 4 tasi kamera ichiga maxsus temir izdan yuradigan arava yordamida 
kiritiladi. Bir-biriga tirab birlashtirilgan kaseta barabanlar ichidagi kichik doira 
xisobiga silindrik kanal xosil qiladi Ana shu kanal orqali ventiyator yordamida 
kolornferdan (pechkadan) issiq xavo yuboriladi.
Issiq xavo barabanning ichki setkali to’sig’i bilan tashqari setkachaga 
to’lg’azilgan tirik pillalarni puflab orasidan o’tish davrida, ulardagi namlikni 
kasetaning tashqarisiga yoki agregatning kanaliga (kameraning ichki devori va 
barabanning tashqari devori orasi) chiqaradi. Bu kanalda 2 - chi ventilyator 
yordamida kalorifer ichiga, pilla orasidan o’tib kelgan va sovigan xavoni so’rib 
oladi. Agar baraban va uning ichidagi pilla qimirlamay tek tursa, issiq xavo 
pillalarning sayozroq yeridan o’tib, pastki qalin joylashgan yerlaridan yaxshi 
o’tmaganligi natijasida, pillalar bir tekisda kurimaydi. Shuning uchun pillalardan 
(shu jumladan ichidagi g’umbakdan) namning bir tekisda chiqib ketishini 
ta’minlash maqsadida, barabanlar sekin uzinasiga kameraning ichiga o’rnatilgan 
chig’iriqli uzatma (ikkita vel orasidagi aylanma xarakatni ishqalanish kuchi bilan 
o’zatib beruvchi qurilma) yordamida aylantiriladi. Bunda g’umbaklarni 
jonsizlantirish va pilladagi namni barabanning radiusi bo’ylab qochirilishi va bu 
prosessning bir tekisda amalga oshirilishi, baraban ichida pillalarning sepilishi 
oqibatida pillalarning joylari o’z ora
Kamerali issiqlik agregatini ishlatish, pillani tayyorlash va unga birinchi ishlov 
berish yani texnologiyasiga ozgina o’zgartirish kiritiladi. Bunda tirik pillalar qabul 
qilinib, uning sifati aniqlangandan (ko’zdan kechirilgandan) so’ng pillalar yashiklarga 
emas, balki kaseta barabanlarga solinadi va keyingi texnologik jarayonlar, yani 
g’umbagini jonsizlantirish, pillalarni to’liq quritishgacha bo’lgan jarayonlar ana shu 


139 
kasetalarning o’zida amalga oshiriladi va soyabonli ayvonlarning so’risida, ularni 
quritishga xojat qolmaydi. Kamerali agregatlarda pillalar kaseta-baraban ichida 
g’umbagi jonsizlantirilib biroz quritilgandan so’ng, ular soyabon tagiga olib o’tilib, 
xuddi agregatning ichida turgan xolatidek, birin-ketin terilib, barabanning o’rtasidagi 
kanalga 35-40
0
S issiq xavo ventilyator yordamida 2-3 soat davomida yuboriladi. Bu, 
uncha issiq bo’lmagan xavo yordamida pillalarning qurishi tezlashadi va ularning 
texnologik 
sifat 
ko’rsatgichlari saqlanib qoladi.Shundan so’ng pillalar 
(mog’orlamaydigan darajagacha quritilgandan so’ng) yangi texnologiya asosida 20 
kg lik, yashiklarga to’kilib, konteyner sifatida taxlanadi (bunda ishlab chiqarish 
maydoni 
to’liq foydalaniladi) va to’liq qurigunga qadar saqlanadi.
Silindrik kasetalarda pillalarning g’umbagini jonsizlantirish hamda barabanlar 
ichida uzunasiga va eniga pillalarning bir tekisda qurishi ta’minlanadi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. « KSK 4.5 » pilla quritgichini chizmasi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish