• 51-rasm. Liqqoq kasalligi bilan kasallangan ipak qurti va kasallik qo’zg’atuvchi bakteriya – streptokokkning mikroskopda ko’rinishi
  • Tut ipak qurtining liqqoq kasalligi




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Tut ipak qurtining liqqoq kasalligi. Ipak qurtining streptokokk kasalligi 
    qadimdan ma’lum bo’lib, bu kasallik asosan qurtlik davrida ko’zga tashlanadi. Bu 
    kasallikning xarakterli belgilaridan biri qurtning rivojlanishi juda sekin o’tadi, kam 
    oziqlanadi, tengqurlariga nisbatan kichik bo’lib teri qatlamida ajinlar paydo 
    bo’ladi, rangi qo’ng’irlashadi, qurtda ich ketish sodir bo’ladi.
    Kasallikni qo’zg’atuvchi streptakokklar qurtning rivojla-nishi davrida 
    nevrogarmonlar faoliyatiga muntazam ravishda ta’siri uni o’sishdan qoldiradi. 
    51-rasm. Liqqoq kasalligi bilan kasallangan ipak qurti va kasallik 
    qo’zg’atuvchi bakteriya – streptokokkning mikroskopda ko’rinishi 
    Streptokokk kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriyalarni zanjirsimon organizmlar 
    qo’zg’atishini 1874 yilda Bilbrot birinchi bo’lib kasal odamning to’qimalarida 
    aniqlagan. 1884 yilda esa Rozenbax bunday zanjirsimon bakteriyalarga 
    streptokokklar avlodi degan nomni beradi. 1972 yil F.Kon bunday organizmlarni 
    mikrokokklar deb nomlagan. Shuning uchun ham ipakchilikda streptokokk 
    kasalligining qo’zg’atuvchisi nomi oldin 
    Micrococ-cus bombucis
    deb yuritilgan
    hozirda esa 
    Streptococcus bombucis
    deb nomlanadi. 
    Streptokokklar 
    sut 
    achitqilariga 
    o’xshab qizil qon tanachalarini 


    153 
    parchalamaganligi tufayli Shteynxaus 1946 yil entrakokklar avlodiga qo’shadi. 
    Entrokokklar avlodiga kiruvchi 4 ta tur bir birlariga o’xshash bo’lib, ularning biri 
    gliserinda o’sishi bilan xarakterlanadi, mana shu tur ipak qurtini kasal-lantirishini 
    Lisenko 1958 yilda aniqlaydi. 
    Ipak qurtini kasallantiruvchi yana bir organizm asalari-larda streptakokk 
    kasalligini qo’zg’atuvchisi 
    Streptococcus apis
    bo’lib, bu 
    Streptococcus bom
    bucis 
    dan jilatinani parchalamasligi bilan farq qiladi. Shunday qilib streptakokklar oldin 
    ipak qurti ichagida, o’rta ichakning uzunchoq muskul to’qimalarida harakat qilib, 
    fagositozdan holi bo’lib, keyin xalqali muskul to’qimalarga o’tadi, asta-sekin esa 
    barcha hujayralarni zararlaydi. 
    Streptokokk bilan kasallangan qurtlar metamorfoz davri-gacha ham borishi 
    mumkin. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda ular metamorfoz davrida qurtning 
    lichinkalik to’qimalarini parcha-lashda ishtirok qilish mumkin degan xulosalar 
    ham bor. 
    Bu kasallikni oldini olish uchun ipak qurtini boqish jara-yonida kerakli 
    oziqlanish maydoni, yangi ozuqa, me’yoriy harorat va havo, hamda namlik bo’lishi 
    kerak bo’ladi, shundagina liqqoq kasalligi bilan ayrim qurtlargina kasallanishi 
    mumkin.

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish