151
chunki jarohatlanmagan teri orqali bakteriyalar qurtni kasallantira olmaydi.
Kasallanishi ya’ni kasalliklarning yuqishi yangi jarohatlangan teri xasoblanadi.
Jarohatlanish sabablari asosan qurtni boqish jarayonida ularni g’analashda bargli
novdalarni qo’pol ravishda qo’l yetmagan
joylarga otib barg berishda, ayniqsa
g’analashlar davrida qurtlar po’st tashlash davrida ularning teri qatlamlari uncha
qotmagan
baquvvatlashmagan paytda, qurtlar juda qalin bo’lgan paytda, qurtlarni
chumoli va arilar chaqib jarohatlaganda infeksiyani kelib chiqishi, ya’ni
septisemiyaning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Septisemiyaning kelib chiqish sabablaridan yana
biri jaro-hatlangan ichak
ham hisoblanadi, ya’ni ichak mexanik ta’sirida yoki boshqa sabablar bilan ayrim
tur bakteriyalarning toksinlari ta’sirida ham bakteriyalar
gemolifaga kirib
ikkilamchi septisemiyani qo’zg’atishi mumkin.
Ipak qurtida hamma bakteriyalar ham qonchirish kasalligini ommaviy –
epizootiya qilavermaydi. Epizootiya ipak qurti boqiladigan joy yuzasida kasallik
qo’zg’atuvchi bakteriyaning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Epizootiyaning hosil
bo’lishi
boqish jarayonidagi joyiga, g’anani chirishiga, kasal qurtlarning suyuq
ekskrementi kabilarga ham bog’liq bo’ladi.
Ipak qurtlarining ommaviy o’limi ularning holatiga ham bog’liq,
chunki
nimjon holatdagi qurtlarda kasallikni qabul qilish darajasi ko’p bo’ladi. Ko’p yillik
tajribalar shuni ko’rsatadiki yozgi qurt boqish davrida ipak qurtlarining bakteriya
kasalliklariga chidamsizligi ortib, kam virulentli
bakteriyalar ham ularning
o’limiga sabab bo’ladi.
Shtibenning kuzatishlari bo’yicha haroratning yuqori bo’lishi qurtlarni septik
kasalliklariga nisbatan kasallikni qabul qilish darajasi ortgani, ayniqsa harorat 25°
dan yuqori bo’lganda epizootiy ya’ni qurtlarning ommaviy o’limi, harorat 20° dan
past bo’lganda esa sekinlashgani kuzatilgan.
Umuman epizootiyaning rivojlanishida qurt boqish maydoni ham katta
ahamiyatga ega. Maydon qancha katta bo’lsa epizootiyaga shuncha imkoniyat kam
bo’ladi, qancha tor va kichik bo’lsa, qurtlar shuncha bir birlarini yolg’on
oyoqlaridagi tirnoqlari yordamida infeksiyani tarqalishiga sababchi bo’ladi.
152
Qon chirish kasalligi qurtlarning yoshlariga ham bog’liq bo’ladi, chunki
kichik yoshlarda qurtlarning tanasidagi tukchalar qalin bo’ladi,
beshinchi
yoshlarida esa tukchalar siyrak bo’lib himoyalanish kam bo’ladi, natijada katta
yoshlarda qonchirish kasalligi ko’proq uchraydi.