154
52-rasm. Beshinchi yoshdagi kasallangan ipak qurtining urug’
xaltachalarida poliedrlarning ko’rinishi
53-rasm. Virus bilan kasallangan qurtning tuxumdonlaridagi poliedrlar:
1-sog’lom hujayralar; 2-kasallangan hujayralarda yadrolarning
gipertrofiyalanishi; 3-poliedrlar
Mikroskopda tekshirish natijalarida shu narsa aniqlan-ganki, endigina
tuxumdan chiqqan qurt sariq kasalligi bilan kasallanib jonlangan kunning ikkinchi
kuniyoq o’lgan.
Tut ipak qurtidagi kasalliklarning yuqishi uning yoshiga, xajmiga ham bog’liq
bo’ladi. Bundan tashqari hayotiy jarayonlarda ovqat sifatining pastligi, namlikning
yuqori bo’lishi
qurt-larni quvvatsizlantirib, kasallikga tez beriluvchan bo’lib
qoladi. Ipak qurtining sariq kasalligi ko’proq qurtlik davrida uchraydi. Ammo bu
kasallik qurtning kichik yoshida ham asosan uchinchi yoshda uchrashi mumkin.
Kasallik qurtning boshqa fazalarida ya’ni g’umbaklik davrida ham
uchraganligi olimlar tomonidan topilgan.
Sariq kasalligining inkubasion davri ikki bosqichda bo’ladi. Birinchi bosqich
virionlarning poliedrdan chiqib hujayraga kirishi bo’lsa,
ikkinchi bosqich
155
kasallikning klinik belgilarini hosil bo’lishidir.
Tut ipak qurtini sariq kasalligi asosiy belgilaridan biri kasallangan qurtlar
bezovtalanib ovqatlanishdan qoladi, qurtlar har tomonga
qarab tarqala boshlaydi,
ko’pincha ular sukchaklardan pastga to’kiladi. Kasallikning belgilari oldin
sezilmaydi, asta-sekin esa qurtning teri qatlamida kasallik belgilari bilina
boshlaydi.
Sigmentlar orasi shishadi, bamisoli qurt tanasida xalqalarga o’xshash
belgilar sodir bo’ladi. Bunday alomatlar faqatgina yadro poliedrozi uchun
xarakterli belgilardan biridir. Kasal qurtlarning terisi taranglashadi, yaltiroq bo’lib
bamisoli yog’li qog’ozni eslatadi. Oxirgi yoshdagi qurtlar semirganga o’xshash
tanasi ancha yo’g’onlashadi. Qurtning tanasi kaltalashib sigmentlar oralari
tekislanib ketadi. Sariq kasalligidan semirgan qurtlar harakatsiz bo’lib,
biroz
g’umbakka ham o’xshab qoladi. Bunday qurtlarning rangi somon rangda yoki oq
sutsimon rangda bo’ladi.
Kasal qurtlarning gistologik tuzilishini kuzatilsa gipo-derma hujayralari
buziladi, ya’ni degenerasiyalanadi. Ekzokutikula qatlami endokutikulaga nisbatan
yo’g’onlashadi. Sariq kasali bilan kasallangan qurtlar po’st tashlaganda po’sti bilan
dog’lar ham birgalikda tashlanadi. Kasallangan qurtning
terisi juda osongina
jarohatlanadigan bo’lib qoladi, jarohatlangan yerdan ko’plab loyqa gemolimfa oqib
chiqadi, quriganda bu gemolimfa oq sutsimon yoki sariq rangda dog’larni hosil
qiladi.