• 55-rasm. Ipak qurtini sariq va oq muskardina bilan kasallanishi.
  • Tut ipak qurtining boverioz yoki oq muskardina kasalligining ketishi va




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Tut ipak qurtining boverioz yoki oq muskardina kasalligining ketishi va 
    uning alomatlari. Bu kasallikning nomlanishini Italiyalik pillakorlar “Oxakla-
    nish” yoki oddiy qilib “Oxok” deb atashgan. Fransuzlar esa muskat yong’og’i kabi 
    yaltiraganligi uchun “Muskad” deb nomlashgan, ya’ni muskardina (muscardina) 
    deb atashgan. 
    Kasallanib o’lgan qurt qattiq bo’lib qotib qolganligi sababli, sharqda va 
    Markaziy Osiyoda “tosh” kasalligi deb ham yuritiladi. 
    Ipak qurtining muskardina kasalligining nomi bovarioz zamburug’lariga 
    tegishli bo’lib, bu kasalikga o’xshash alomatlarini ko’pgina boshqa zamburug’lar 
    ham hosil qiladi. 
    XVI- asrlarda muskardina kasalligining tashqi alomat-lari Yevropa 
    adabiyotlarida uchrab kelgan. Bu kasallikni XVP-asrlarda Italiya va Fransiya 
    olimlari tomonidan asosan Buasye de Sovaj tomonidan to’liq xarakterlab berildi. 
    Tut ipak qurtining oq muskardina kasalligini qo’zg’atuvchisini Avgustino 
    Bassi aniqlab bergan. U o’zining tajribalari va kuzatishlari bilan hamda 
    olimlarning to’rt asrlik yig’ilgan nazariyalari yordamida ipak qurtining bu kasalligi 
    to’g’risida monografiya yozdi. U kasallikning qo’zg’atuvchisini sistematikasini 
    aniqlash maqsadida Milan Universiteti tabiatshunoslik kafedrasi professori 
    Djuzeppe Balzamo Krivelliga yuboradi. Krivelli uni 
    Botrytis paratossa 
    deb 
    nomlaydi, keyinchalik esa 
    Botrytis bassiana
    deb Bassi nomiga qaytadan 
    nomlanadi. 1912 yilda tut ipak qurtining muskardina kasalligini qo’zg’atuvchisi 
    Verticilliaceae
    oilasining 
    Beauveria 
    avlodiga kiritiladi. 
    Patologik dog’ 


    159 
    55-rasm. Ipak qurtini sariq va oq muskardina bilan kasallanishi. 
    Ipak qurtining oq muskardina kasalligini qo’zg’atuvchisini miseliysi oq 
    unsimon donador, momiqdek bo’lib, sporasi ovalsimon. Zamburug’ 
    Deutromycetes
    sinfi, 
    Monilales
    tartibi, 
    Moniliaceae 
    oilasi 
    Beauveri
    a avlodi 
    Beauveria 
    bassiana
    turiga kiradi, uning sinonimi 
    Botrytis bassiana Balsamo.
    Zamburug’ning tanasi substrat ustiga un sepgandek dog’ni yoki momiqdek, 
    zichlashgan namatdek ko’rinishda oq yoki pushti, qizil xoshiyali rangni hosil 
    qiladi. Havo gifalarida konidiya bandlari bo’lib, uning uchlarida konidiyalarni 
    (sporalarni) hosil qiladi. Gifalari rangsiz bir-birlari bilan bog’langan. Miseliysi 
    konidiya bandlari o’sib chiqishga xizmat qiladi. Konidiya bandlari kolbachasimon 
    stregmalar bilan tugab, bu stregmalarda bittadan konidiyalar hosil bo’ladi. 
    Zamburug’ning konidiyasi, ya’ni havo sporasi bo’lib, u jinssiz ko’payishda xizmat 
    qiladi. Konidiya yoysimon yelimli modda bilan qoplangan, shu modda yordamida 
    hasharotlarning tanasiga, ya’ni ipak qurtining tanasini istagan joyiga yopishib, 24-
    25°S da rivojlanish qobiliyatiga ega bo’ladi. Qurtxonalarning namligi yuqori 
    bo’lganda (90%) spora (konidiya) ning rivojlanishiga imkoniyat tug’iladi. Spora 
    qurtning tanasida bir necha soat yoki kun saqla-nishi mumkin, qachonki qulay 
    sharoit to’g’ri kelishi bilanoq u 5-8 soatda kattalashib boradi va 12 soatdan keyin 
    qurt tanasida o’sa boshlaydi. O’sayotgan sporadan o’sib chiqayotgan gifalar 
    Sariq va oq muskardinadan o’lgan qurtlar
    Sun’iy muhitda o’sishi
    Beauveriabassianani 
    mikroskopdako’rinishi


    160 
    qurtning gipodermasiga kiradi. 
    Ma’lumki, hasharotlarning teri qatlami entomopatogen zamburug’lardan 
    tashqari barcha mikroblar uchun o’ta olmaydigan qatlam hisoblanadi. Shunga 
    qaramasdan zamburug’ gifasining o’sish nuqtasida kutikulani erituvchi ferment 
    qurt terisini eritib ichiga kiradi. Bu ferment xitinaza fermenti bo’lib, barcha 
    entomopatogen 
    zamburug’larga 
    xosdir. 
    Xuddi 
    shuningdek 
    Beouveria 
    zamburug’ining o’sish nuqtasida ham har doim xitinaza fermenti ajralib chiqadi. 
    Zamburug’ning infeksion gifalari qurtning gemolimfa-siga qarab u o’zining 
    rivojlanishini boshlaydi va kurtaklanib ko’payadi. 36-48 soatdan so’ng qurtning 
    gemolimfasi zamburug’ning gifalari bilan to’ladi. Kasallangan qurt harakatdan 
    qoladi, bu gifalar o’sib tarmoqlanib, miseliyni hosil qiladi. 
    Ma’lumki, gemolimfa parazit zamburug’larni rivojlanishi uchun eng qulay 
    muhit hisoblanib, bu muhitda zamburug’ tezda qonning tarkibini buzadi. Qondagi 
    moddalarni o’zgartiradi. Parazit asta-sekin butun to’qimalarda rivojlanib, uni 
    o’limga olib keladi. Hasharot o’limidan keyin zamburug’ning gifalari miseliylar 
    hosil qilib zichlashadi. O’lgan qurtlar oldiniga yumshoqroq bo’lsa, asta-sekin tana 
    quriy boshlab, tanasi kichik-lashadi va qattiqlashadi. Havoning me’yoridagi 
    namlikda nobud bo’lgan qurtlarning kutikulasida zamburug’ning havo gifalari o’sib, 
    konidiya bandlarini hosil qiladi va bu konidiya bandlarida parazitning konidiya 
    sporalari bo’lib, qurtning o’ligi un sepganga o’xshash oq kukun bilan qoplangan 
    bo’ladi

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tut ipak qurtining boverioz yoki oq muskardina kasalligining ketishi va

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish