O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

 
 
 
59-rasm. Muskardina bilan kasallangan
 
ipak qurtlari
 
 
Ipak qurtining pebrina kasalligi. Pebrina kasalligini qo’zg’atuvchi spora 
qurtning oziqasi bilan o’rta ichakga kirib, ichak epiteliya xo’jayralarini zararlaydi. 
U ichakdan hujayralarga kirib, hujayra sitoplazmasining faoliyatini buzadi, hujayra 
qobig’i yupqalashadi, yog’ va glikogen asta-sekin yo’qolib boradi, hujayra yadrosi 
ham kichiklashib o’z formasini yo’qotadi va yadro erib ketib hujayra o’ladi. 
Zararlanish natijasida hujayraning yog’ tanachalari, ipak ajratuvchi ipak 
bezlar, muskullari parchalanadi, spora esa gemolimfaga o’tadi. Malpigiyev 
naylarining hujayralarini parchalab, barcha stadiyalarini o’tab, sporaga aylanib 
orqa ichak orqali axlat bilan tashqariga chiqadi. 
Ipak qurtining so’lak bezlaridagi hujayralar esa kasallik yuqqandan 12-15 kun 
o’tgach parchalanib, ichakdan tashqariga axlat bilan chiqariladi, ichakda qolgan 
sporalar ichak shirasi yordamida yana otiluvchi iplari yordamida rivojlanishini 
boshlaydi. Bu parazitning ikkilamchi infeksiyasi bo’lib, qurtning ichida bo’ladi, bu 


163 
autoinfeksiya deb ataladi. 
Qurtning tanasida sporaning yangi avlodalarni paydo bo’lishi organizmda 
ularning miqdorini o’ta ko’payishiga sabab bo’ladi. 
Kasallikning rivojlanishi yosh qurtlarda tezroq ketadi, katta yoshdagi qurtlarda 
esa kasallik sekinroq rivojlanadi, chunki kasallangan to’qimalarni tiklanishida 
generativ hujayra-lar ko’proq qatnashadi. Kasallikning rivojlanishini tez ketishi esa 
qurt ichagiga kirgan sporaning miqdori, soniga ham bog’liq bo’ladi. Ayrim 
tajribalarda shu narsa kuzatilgan, masalan 2000 ta spora bilan kasallantirilgan 
qurtning tuxumida yangi spora 6 kundan keyin kuzatilgan bo’lsa, 50000 ta spora 
bilan zararlangan qurt tuxumida 48 soatdan keyin kuzatilgan. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish