164
iste’mol qiladi, kundan kunga qurt ozadi, ularning faol harakati yo’qoladi. Agarda
kasallik kuchli kechsa qurt teri tashlash davrida terisini tashlay olmasdan nobud
bo’ladi. Ayrim hollarda qurtlarning terisi tanasining har xil joyidan yorilib, yangi
terisidan ajralmay qoladi. Ayrimlarining terisi yarim belida qolib oxirgi qorin
bo’g’imlarini siqib ingichkalashtirib tashlaydi. Pebrinaga chalingan qurtlarning teri
maydonida, bo’g’imlararo masofalarda, qorin oyoqlari atrofida, nayzasimon
o’simtasi atrofida to’q jigar rangda murch sepganga o’xshash dog’lar paydo
bo’ladi. Kasallangan qurtlar sog’lom qurtlarga nisbatan ancha kichiklashib qoladi.
Agar kasallik pilla o’rash davrida avjga chiqqan bo’lsa kasallangan qurtlar sukchak
atroflariga tarqalib ketadi. Bunday qurtlar pilla ham o’rashi mumkin, ammo
pillalari har xil bo’lib, yupqa po’choqli pillalarni hosil qiladi. Ayrim qurtlar ipagini
gilam singari yoki kiygizga o’xshatib chuvatib yuboradi, ayrimlari esa pilla
o’ramasdan g’umbakka aylanadi.
G’umbaklik davrida: Agarda kasallik kuchli bo’lmasa kasallikga chalingan
g’umbaklar sog’lom g’umbaklardan farq qilmaydi, ammo kasallik kuchli bo’lsa,
g’umbakning bo’g’imlararo masofala-rida ko’rinar-ko’rinmas mayda nuqtasimon
dog’lar paydo bo’ladi. Ayrimlarining teri maydonida qo’rg’oshinli rangda yaltiroq
dog’li maydonlar hosil bo’ladi. Bunday g’umbaklardan metamorfoza davrida har
xil yetishmovchiliklar hosil bo’lgan holatda kapalaklar rivojlanadi.